Ish haqi (wage rate) - foydalanilgan mehnat uchun berilgan pul miqdori yoki
narx.
Ishlab chiqarish (production) - ishlab chiqarish omillaridan foydalangan
holda mahsulot yaratish jarayonini yoki ishlab chiqarish omillarini tayyor mahsulotga
aylantirish jarayoni.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig‘i - mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish
resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish orqali ishlab chiqariladigan tovarlar
kombinasiyasini ifodalovchi chiziq.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig‘i - mavjud texnologiyada kapital va
mehnatdan to‘liq foydalangan holda ikkita tovar kombinasiyalarini maksimal
darajada ishlab chiqarishni ifodalaydigan chiziq.
Ishlab chiqarish omillari - cheklangan bo‘lib, ularga mehnat (labour), kapital
(kapital), materiallar (xomashyo, butlovchi qismlar, elektr energiyasi, gaz, suv va
boshq.), yer (land) kiradi.
Ishlab chiqarish funksiyasi - ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan shu
mahsulotni ishlab chiqarishdagi sarflangan ishlab chiqarish omillari miqdori
o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi funksiya.
Ishlab chiqarish shartnomalari chizig‘i - resurslarni Pareto samarali
joylashtirish chizig‘i bo‘lib, bunda quyidagi shart bajariladi: ishlab chiqaruvchi
muvozanati yoki maksimal mahsulot ishlab chiqarish uchun optimal sarflanadigan
mehnat va kapital miqdorini aniqlash sharti - ishlab chiqarishning shuday holatiki
bunda har qanday omil uchun sarflangan bir birlik pul miqdori bir xil miqdordagi
mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlaydi.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi (yutug‘i) - tovarlarnig haqiqiy narxlaridan
chekli (bir birlik qo‘shimcha tovar ishlab chiqarishga ketgan) xarajatlarni ayirmalari
yig‘indisiga teng.
Ishchining nafliligini maksimallashtirish sharti (utility maximization rule) - bo‘sh vaqtni daromad bilan chekli almashtirish normasini ish haqiga tengligi.
Kapital - uzoq muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish uchun
foydalaniladigan resurs. Kapitalni mehnat bilan chekli texnologik almashtirish
438
normasi ikkala ishlab chiqariladigan
A va
B tovarlar uchun bir xil bo‘lib, ular mehnat
narxini kapital narxi nisbatiga teng.