O‘zbеkistоn rеspublikаsi


-topshiriq. Kadastr, lizing so‘zlarining ma’nosini tushuntiring va ularning o‘zbek tiliga boshqa tildan olinish sababini ayting.  Topshiriq



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə17/90
tarix28.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#169277
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90
3-topshiriq. Kadastr, lizing so‘zlarining ma’nosini tushuntiring va ularning o‘zbek tiliga boshqa tildan olinish sababini ayting. 
Topshiriq. O‘zlashma so‘zlarning qaysi tilga oid ekanligini ko‘rsating (arabcha, forscha, lotincha, ruscha). 
Saodat, taxt, mashina, a’lo, she’r, karaxt, badjahl, shoir, maorif, xo‘roz, gazeta, baxt, ruchka, sehr, stol, bioximiya, dazmol, ruxsat, ro‘za, qoida, sur’at, obyekt, donishmand, parta, paravoz, muomala. 
Topshiriq. Tilimiz taraqqiyotida sinonimlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u ikki xil baza asosida paydo bo‘ladi: tilning ichki imkoniyatlari asosida va boshqa tildan so‘z olish natijasida. E’tibor bering! 
1. Tojik tilida 2. O‘zbek tilida 
chorpoya so‘ri 
olov o‘t 
chopon to‘n 
kissa cho‘ntak
dasta sop
buqa novvos 
oftob quyosh 
osmon ko‘k 
Tojik tilidan so‘z o‘tishi natijasida qo‘shma va juft so‘zlar ham paydo bo‘lgan. Bosh (pana), qon (xo‘r), qo‘sh (nay), shirin (so‘z), yalang (bosh), qahr-g‘azab, to‘y-tomosha, sog‘-salomat, achchiq-chuchuk. 60-mashq. Berilgan so‘zlar qaysi tillardan o‘zbek tilining leksik qatlamiga o‘zlashganligini lug‘at yordamida aniqlang. Bu so‘zlarning o‘zbek tilida qo‘llanilish sabablarini tushuntiring. Sport taym, lizing, aviatsiya, garaj, okean, xorijiy kompaniyalar, firma, kooperativ, avans, sug‘urta, aksiya, apelsin, limon, lenta, pyesa, epos, kokteyl, obyekt.
Topshiriq. O‘zbek tiliga oid bo‘lgan quyidagi turkiy so‘zlarni uch guruhga ajratib ko‘chiring. 

  1. Tub so‘zlar. 2. Aslida yasama, hozirda bir o‘zakni tashkil qiluvchi so‘z.3. Yasama, qo‘shma, juft so‘zlar. 

Tush, ish, bor, kel, uch, qush, bugun, bog‘ich, qalin, burun, ochko‘z, bo‘yinbog‘, bog‘lash, iturug‘, ayg‘oqchi, bola, dala, ertaga, to‘ng‘ich, kunbotar, miskar, tuz, baldoq, oltov, to‘ng‘iz ... Yuqoridagi so‘zlarni siz ham davom ettiring. Tayanch tushunchalar o‘zbek tili leksikasining boyish manbalari, ichki manba, tashqi manba, arabcha so‘zlar, forscha-tojikcha so‘zlar, ruscha-baynalmilal so‘zlar.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin