O‘zbеkistоn rеspublikаsi


-Modul O‘quv materiallari



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə2/90
tarix28.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#169277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
1-Modul
O‘quv materiallari


Kirish……………………………………………………………………………………

  1. Mavzu O’zbek tilini sohaga yo’naltirib o’qitishning maqsad va vazifalari….

2-Mavzu O’zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi……………………….
3-Mavzu O’zbek adabiy tili me’r’yorlari……………………………………………… 4-Mavzu O’zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari. O’zbek tilida tinish bilgilari……
5-Mavzu Nutq uslublari va ularning xususiyatlari………………………………….....
6-Mavzu Ilmiy uslub .Sohaviy terminlarning leksik xususiyatlari………………….
7-Mavzu Ilmiy uslub Sohaviy teminlarning yasalishi………………………………….
8-Mavzu Ilmiy uslubning Grammatik xususiyatlari…………………………………
2-Modul…………………………………………………………………………………
2-1Mavzu Mutaxasis nutqining kommunikativ sifatlari……………………………
2-2Mavzu Sohaga oid taqdimot nutqi………………………………………………….
2-3Mavzu Rasmiy uslubga xos xususiyatlar………………………………………….
2-4Mavzu Sohada davlat tilida ish yuritish masalalari…………………………….…
2-5Mavzu Sohaviy farmoyish xujjatlarining xususiyatlari……………………………
2-6 Mavzu Sohaviy ma’lumot-axborot xujjatlari……………………………………..
2-7 Mavzu Sohaviy xizmat yozishmalari………………………………………………
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oily ta’lim tizimi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.
O‘zbek tilining sohada qolanishi fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv uslubiy majmua o‘quv jarayoninig nazariy, amaliy, ijodiy jihatlarini to‘liq aks ettirib, innovatsion texnologiyalar bilan boyitilgan. Bu talabalarning fanni qulay va oson o‘zlashtirishlariga yordam beradi, o‘z ustida ishlashlari uchun sharoit yaratadi. O‘zbek tilini o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, o‘zbek tilini o‘rganish jarayonini tezlashtirish, talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va kollejlarda olgan bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, fikrni to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etishga o‘rganish ko‘zda tutiladi. Shularni nazarda tutib o‘quv uslubiy majmua nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan kommunikativ tamoyilga asoslanib tuzildi. Bu esa “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI”da ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bo‘yicha “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash”ga tola mos keladi.
Majmua birinchi o‘ringa asosiy mavzu sifatida nutqiy mavzularning qo‘yilishi bilan farqlanadi. Grammatik bilimlar fikr ifodalash vositasi bo‘lib, asosiy maqsadning amalga oshishiga xizmat qiladi.
O‘zbek tilining sohada qolanishi ta’limi turmush va mehnat faoliyatidagi nutq mavzulari doirasini yanada kengaytirilgan hamda ixtisoslikka moslashtirilgan tarzda o‘zbekcha nutqni tinglash, so‘zlash, o‘qish va yozish amallarini uyg‘unlashtirib o‘rgatish bilan ajralib turadi. Bunda talaba oldiga ilmiy-badiiy adabiyotlarni o‘qib tushunish, mutaxassislik sohasida matn yaratish, matnni shakl va mazmun jihatdan yangilash, boshqa nutq uslubiga ko‘chira olish kabi talablar qo‘yildi.
Majmuada har bir mashg‘ulotga matnlar, topshiriqlar, mashqlar, mustahkamlash uchun savollar, testlar, mustaqil ta’lim topshiriqlari, namunaviy va ishchi o’quv dasturlari berildi. Shuningdek, davlat tilida ish yuritish, suhbat, bahslashuv orqali mustaqil yozma ishlarni uyushtirish, matn tuzdirish talabalarning ixtisosligiga ko‘ra belgilanadi.


1-Mavzu

Amaliy mashg‘ulot №1


Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin