Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 85,06 Kb.
səhifə4/9
tarix05.12.2023
ölçüsü85,06 Kb.
#174190
1   2   3   4   5   6   7   8   9
@Talim fidoiylariga Mustaqillik darsi o\'quv rejasi va dars ishlanmasi

Ta’limiy maqsad: oʻquvchilarga mustaqillikka erishish tarixi, istiqlol davrida bunyodkorlik hamda erishilgan yutuqlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda ularning ahamiyati haqida bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish;


Tarbiyaviy maqsad: oʻquvchilarni zamonaviy bilimlarni egallagan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz kelajagining munosib vorislari qilib kamol toptirish, ularning ongi va tafakkurini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish, oʻzi yashab turgan maskandagi tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash, Ona Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik tuygʻularini mustahkamlash;


Rivojlantiruvchi maqsad: oʻquvchilar qalbiga bilimli, maʻnaviyatli, maʻrifatli, komil insonlar boʻlib yetishish hissini singdirish, ularda mustaqil fikrlay olish va fikrlarini erkin bayon etish, olgan bilimlarini nutqiy vaziyatlarda qoʻllay olish koʻnikmalarini shakllantirish.


Dars turi: Guruhlarda ishlash, bahs-munozara.


Dars usuli va metodi: Ma’lumot berish, savol-javob, “Aqliy hujum”, “Klaster” metodidan foydalaniladi.


Kerakli jihozlar: Televizor, multimedia va koʻrgazmali vositalar, Mustaqillik in’om etgan ne’matlar aks etgan fotosuratlar, bukletlar, Vatanni madh etuvchi qoʻshiq va musiqalar, kinolavhalar, slaydlar.


Darsning bosqichli jadvali:



Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Oʻquvchilarning bilimlarini takrorlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

10 daqiqa

4

Mustahkamlash

20 daqiqa

5

Dars yakuni va oʻquvchilarni baholash

5 daqiqa

6

Uyga topshiriq berish

2 daqiqa




Yüklə 85,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin