10. Programma tuzilsin. 1 dan 1999 gacha bo'lgan butun sonni Rim raqamlari orqali chop qilinsin.
11. Nuqta bilan tugaydigan katta lotin harflaridan iborat matn berilgan. Berilgan matn 1 dan 999 gacha bo'lgan butun sonning Rim raqami ko'rinishidagi yozuvi to'g'ri ekanligi aniqlansin. Shart bajarilgan taqdirda bu son arab raqamlarida (o'nlik sanoq sistemasida) chop etilsin.
12. Type qator=string[8];
shaxmat = array [‘a’..’g’] of qator;
katak :string[2];
var sh : shaxmat; k: katak;
Shaxmat katagi ikkita belgidan tashkil topgan k katak ko’rinishida berilgan: lotin harfi (a dan h gacha) va raqam (1 dan 8 gacha), masalan a2 yoki g5. Ularni farzin joylashgan sh shaxmat taxtasidagi maydonning koordinatalari sifatida qarab, farzin «uradigan» kataklarni «X», boshqa kataklarni «0» bilan belgilab, shaxmat taxtasining ko'rinishi chop qilinsin.
13. Raqam va to’rtta arifmetik amallardan (*,+,-,/) tashkil topgan ifodani postfiks ko’rinishiga o’tkazadigan programma tuzilsin. Postfiks shaklda oldin operandlar yoziladi, keyin amallar.
Misollar: oddiy yozuv postfiks yozuv
3+4 34+
(5-4)+2 54-2+
2*(3+4)*5 234+*5*
14. Ma'lumki, astrologlar yilni 12 davrga bo'ladilar va har biriga mos Zodiak belgisini qo'yadilar:
20.1 - 18.2 - Qovg'a
23.7 - 22.8 - Arslon
19.2 - 20.3 - Baliq
23.8 - 22.9 - Sunbula
21.3 - 19.4 - Qo'y
23.9 - 22.10 - Tarozi
20.4 - 20.5 - Buzoq
23.10 - 22.11 - Chayon
21.5 - 21.6 - Egizaklar
23.11 - 21.12 - O'q-yoy
22.6 - 22.7 - Qisqichbaqa
22.19 - 19.1 - Echki
Berilgan sanaga mos Zodiak belgisini chop qiluvchi programma tuzilsin.
15. Programma tuzilsin. 60 ta belgidan iborat matn berilgan. Berilgan satrdagi bosh va kichik kirill harflari ostiga chizilsin (ya'ni, navbatdagi satrda mos o'rinlarga «-» belgisi qo'yish, boshqa o'rinlarga esa bo'sh belgisi ‘’- «probel» qo'yish orqali).
16. Programma tuzilsin. Har birida 1 dan 10 gacha kichik lotin harflaridan hosil bo'lgan, 1 dan 90 gacha so'zlar ketma-ketligi berilgan. So'zlar bir-biridan kamida bitta probel bilan ajratilgan. Oxirgi so'z nuqta bilan tugaydi. So'zlar alfavit bo'yicha tartiblansin.
17. Type son16= string[10];
Var s1,s2 : son16;
op : char;
O’noltilik sanoq sistemasida berilgan s1,s2 butun sonlar ustida op amalinini bajarib, natijani chop qiluvchi programma tuzilsin.
Berilgan 20 so’zdan iborat lug’at yordamida faqat shu so’zlardan tuzilgan sodda gapni boshqa tilga tarjima qiladigan programma tuzilsin.
Berilgan matndagi harflarning qatnashisihlari soni (chastotalari) aniqlansin va bu harflar chastotalarining kamayishi bo’yicha chop qilinsin.
Const n=20;
Type Satr= string[80];
Matn= array[1..n] of satr;
Var m: Matn;
Natural n soni va m matn berilgan. m matn n uzunligidagi o’ng va chap tomonga to’g’rilangan ( ) formatga o’tkazilsin. Bunda zarur bo’ladigan qo’shimcha etarli deb hisiblansin.
Brilgan so’zni quyidagi qoida yordamida ikkiga bo’lishni amalga oshiring (keyingi satrga o’tkazish uchun):
ketma-ket kelgan ikkita unli harfni ajratish mumkin, agar birinchisidan oldin undosh harf va ikkinchisidan keyin kamida bitta harf kelsa;
ketma-ket kelgan ikkita undosh harfni ajratish mumkin, agar birinchisidan oldin unli harf va ikkinchisidan keyin soz bo’lagidagi kamida bitta unli harf kelsa (‘`’- ajratish belgilari o’zidan oldindagi harf bilan bitta deb qaraladi);
agar 1) va 2) qoyidalarini qo’llash mumkin bo’lmasa so’zni shunday bo’lish kerakki, unig birinchi qismi kamida bitta unli harfni o’z ichiga olishi va unli bilan tugallanishi kerak, ikkinchi qism kamida bitta unli harfni o’z ichiga olishi kerak.
Berilgan n butun soni so’zlar orqali yozilsin. (masalan, 15 soni «o’n besh» ko’rinishida yozilsin).
Ikkilik sanoq sistemasidagi son satr ko’rinishida berilgan. Shu sonning 8 va 16 sanoq sistemasidagi ko’rinishi chop qilinsin.
type nom = string[8];
var x: nom;
Berilgan x satri identifikator yoki yo’qligi aniqlansin.
26. Type qator=string[8];
shaxmat = array [‘a’..’g’] of qator;
katak :string[2];
var sh : shaxmat; k: katak;
Shaxmat katagi ikkita belgidan tashkil topgan k katak ko’rinishida berilgan: lotin harfi (a dan h gacha) va raqam (1 dan 8 gacha), masalan a2 yoki g5. Ularni ot joylashgan sh shaxmat taxtasidagi maydonning koordinatalari sifatida qarab, ot «uradigan» kataklarni «*», boshqa kataklarni «0» bilan belgilab, shaxmat taxtasining ko'rinishi chop qilinsin.
type misra=string[60];
turtlik = array [1..4] of misra;
var sh_er : turtlik;
Berilgan sh_er turtlikda qofiya bor yoki yo’qligi aniqlansin.
28. Type satr= string[60];
Var s1,s2 : satr;
Begilgan s1 va s2 satrlar bir-biridan faqat ulardagi so’zlarning gapdagi joylashuv o’rni bilan farq qilishi aniqlansin.
29. Type satr= string[60];
Var s: satr;
Begilgan s satrda polindrom so’zlar mavjud bo’lsa ular chop qilinsin, aks holda bunday so’z yo’qligi haqida xabar berilsin.
30. Const n=30;
Type FIO_talaba = string[40];
Guruh = array [1..n] of FIO_Talaba;
Var G :Guruh;
O’quv guruhi talabalarining ro’yxati talabaning familiyasi, ismining va otasining ismining bosh harflari (initsiallari) nuqta bilan ajratilgan ko’rinishda berilgan. Har bir satr oxirida talabaning tug’ilgan yili ham berilgan.Ro’yxat lotin alifbosidagi harflar joylashuvi bo’yicha tartiblansin. Tatriblash talaba familiyasi va initsiallari bo’yicha amalga oshirilsin. Agar bir xil familiya va initsialli talabalar uchrasa, ular ro’xatda tug’ilgan yilini kamayishi bo’yicha joylashtirilsin.