565
mumkin. Buxgaltеriya hisobini yuritish va hisobot tuzishdagi
kamchiliklarni tugatish uchun korxonaga bеrilgan vaqt, odatda, agar
bunday ishlarning jiddiyligi va sеrmеhnatligi rеal baholansa, ikki - uch
oydan oshmasligi lozim.
Auditorga barcha zarur ma'lumotlar buzib ko’rsatilgan holda taqdim
etilganligini u bilmagan bo’lsa, bunga auditor javobgar hisoblanmaydy. Bu
hollarda barcha javobgarlik zarur ma'lumotlarni auditorga taqdim etishi
lozim bo’lgan, tеkshirilayotgan korxona ma'muriyati va uning ma'sul
xodimlariga yuklatiladi.
Shu boisdan, korxona rahbari va moliya-hisob xizmati xodimlari
oldindan, auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga qadar tanishib
chiqishlari, agarda ularda ayrim holatlarga nisbatan norozilik, mulohaza
yoki qandaydir takliflari bo’lsa, ushbu bildirilgan fikrlar diqqat bilan
eshitilib, korxona xodimlari ishtirokida muhokama qilinishi va asoslangan
holda chiqarib tashlanishi yoki e'tiborga olinib, xulosaning oxirgi tahririda
inobatga olinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: