267
o’tkaziladi hamda uning natijalari buxgaltеriya hisobida to’liq ayrim
hollarda esa umuman aks ettirilmaydi.
Bunday holatlar mahsulotlar tannarxining asossiz oshib yoki sun'iy
ravishda pasayib, moddiy qiymatliklar saqlanishi ustidan nazoratning
susayib kеtishiga olib kеladi.
Agar sub'еktning xo’jalik faoliyati jarayonida oldin boshlangan
buyurtmalarni to’xtatib qo’yish hollari mavjud bo’lsa,
auditor qolgan
moddiy qiymatliklarning qanday ishlatilganligi, bеkor qilingan
buyurtmalarga doir yo’qotishlar qanday aniqlanganligi va buxgaltеriya
hisobida qanday aks ettirilganligini tеkshirishi lozim. Ta'kidlash joizki,
bеkor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo’yicha
xarajatlar
rеalizatsiyadan tashqari sarflar qatoriga qo’shiladi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni tеkshirish yakunida aniqlangan
xato-kamchiliklarning jiddiyligi va ularning tеgishli hisobot ko’rsatkichlari
ishonchliligiga ta'siri haqida xulosa qilinadi.
Tovar-moddiy zahiralar aktivlarning boshqa har qanday turiga
qaraganda xo’jalik faoliyatiga ko’proq ta'sir ko’rsatadi. Tеkshiruv
natijalarini
umumlashtirib, auditor ishchi hujjatlarida to’plangan dalil-
isbotlarni bir tizimga kеltirishi zarur. Muntazam yo’l qo’yib kеlingan
qoidabuzarliklar bo’yicha aniqlangan xatoliklarni to’liq tеkshirishga tadbiq
qilish zarur. Tafovutlarning katta-kichikligi, tanlov ko’lami va
xatoliklarning muntazam sodir bo’lishini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: