566
GLOSSARIY
Asosiy vositalar
- korxona tomonidan uzoq muddat davomida
xo’jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish
yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy
vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan
moddiy aktivlar;
Amortizatsiyalanadigan qiymat
- moliyaviy hisobotlarda faraz
qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chеgirgan holda ko’rsatilgan
aktivning boshlang’ich (tiklash) qiymati summasi;
Amortizatsiya
- foydali xizmat muddati mobaynida aktivning
amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kеlib
chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr
xarajatlariga muntazam taqsimlash va o’tkazish ko’rinishida eskirishning
qiymat ifodasi;
Foydali xizmat muddati
- korxona aktivdan foydalanadigan vaqt
davri yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo’ljallayotgan
mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori;
Dostları ilə paylaş: