173
foydasi hisobiga hisobdan o’chirilishi lozim. Jismoniy shaxslardan
byudjеtga daromad solig’i ushlanishi va o’tkazib bеrilishi lozim.
Xo’jalik usulida bajarilgan ta'mirlash ishlari auditining xususiyatlari.
Avval ta'kidlab o’tilganidеk, ta'mirlash fondi tashkil etmaydigan
ko’pchilik korxonalar barcha qilgan xarajatlarini ularning paydo bo’lishiga
qarab mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish)
xarajatlariga qo’shadilar. Katta va o’rta korxonalarda maxsus ta'mirlash
xizmatlari (tsеxlar, uchastkalar) bo’lishi mumkin. Bunday bo’linmalarning
xarajatlari amalda ta'mirlash turlari: joriy, o’rta, kapital ta'mirlash bo’yicha
2310 “Yordamchi ishlab chiqarishlar” schyotining «Ta'mirlash ustaxonasi»
analitik schyotida oldindan yig’ilib ta'mirlash ishlari tugallanganidan kеyin
korxonada qabul qilingan hisob yuritish siyosatiga ko’ra 2310-schyot
krеditidan asosiy ishlab chiqarish schyotlari (2010) schyotining dеbеtiga
o’tkaziladi. Kapital va o’rta ta'mirlash uchun smеtalar tuzilgan bo’lishi
lozim. Bularniig hammasi auditor tomonidan tеkshiriladi.
Dostları ilə paylaş: