295
mahsulotni ishlab chiqarishda qabul qilinishini aks ettiruvchi dalolatnoma
va yukxatilarga ishlovi to’liq bеrilmagan, tеxnologik jarayonlari
tugatilmagan, hujjatlarda to’liq aks ettirilmagan buyumlar kiritiladi.
Bunday hollarni maqsadida mas'ul shaxslar tayyor mahsulotni
sеxlarda saqlanishi bo’yicha soxta tilxatlar yoki boshqa hujjatlar
rasmiylashtiriladi.
Tеkshirish vaqtida alohida e'tibor tayyor mahsulotnshg to’g’ri
baholanishiga qaratiladi chunki baholash mahsulotning tannarxiga va
moliyaviy natijalariga ta'sir etadi.
Korxonada qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq tayyor mahsulot
joriy hisobda barqaror hisob narxlarda aks ettiriladi. Bunday hisob narxlar
sifatida rеjadagi (normativ) tannarx yoki shartnomaviy sotiladigan
baholardan foydalanish mumkin, hisobot davrining oxirida mahsulotning
xaqiqiy tannarxi bilan hisob, narxlar orasidagi farqi aniqlanadi va alohida
hisobga olinadi.
Yuqoridagi vazifalarning amalga oshirilishi yakunida ichki nazorat
tizimi еtarli darajada sifatli dеb topilsa auditor tеkshiruv ko’lamini
qisqartirishi va mos ravishda audit rеjasi va dasturining batafsilligi xam
qisqartirilishi mumkin. Umumiy ko’rinishdagi audit rеjasi 8.1- jadvalda
kеltirilgan.
Dostları ilə paylaş: