O’zbekiston Respublikasi va komunikatsiyalarni rivijlantirish vazirligi



Yüklə 167,83 Kb.
səhifə3/3
tarix09.12.2022
ölçüsü167,83 Kb.
#73397
1   2   3
abduxoliqov asadulla Elektroika

3.Kuchaytirgichlar
Texnikada kam energiya sarf qilgan holda manbalarning katta energiyasini boshqarish jarayoni keng tarqalgan. Unda boshqaruvchi hamda boshqariluvchi energiya mexanik, yorug‘lik , issiqlik, elektr va boshqa turdagi energiyaga ega bo‘lishi mumkin.
Agar energiyani boshqarish uzluksiz, bir meyorda va o‘zgarish qonuni saqlangan holda bo‘lsa, uni kuchaytirish jarayoni deb ataladi. Uni amalga oshiruvchi qurilma esa, kuchaytirgich deyiladi. Energiya turiga qarab kuchaytirgichlar elektr, mexanik, issiqlik va boshqa turdagi kuchaytirgichlarga bo‘linadi. 1.1-rasmda kuchaytirish jarayonining asosiy qismlari ko‘rsatilgan.


1.1-rasm. Kuchaytirish jarayonining umumiy tarkibi. M -
manba, S.G — signal generatori, K — kuchaytirgich, N -
yuklama (iste’molchi).


Kuchaytirgichning signal ta’sir etadigan zanjiri kirish zanjiri yoki kirish deb, kuchayib chiqqan signal beriladigan qurilma esa, tashqi yuklama - iste’molchi deb ataladi. Kuchaytirgichning tashqi yuklamaga ulanadigan zanjiri chiqishi zanjiri yoki chiqish deb ataladi.
Kuchaytirgichlar ichida elektr signal kuchaytirgichlari eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, ularda boshqaruvchi va boshqariluvchi energiya, elektr energiyasidan iborat bo‘ladi. Bu kuchaytirgichlar elektron, elektromexanik magnit va boshqa turdagi kuchaytirgichlarga bo‘linadi. Ulardan elektron kuchaytirgichlar universalligi, bir qator sifatli xarakteristikalariga ega bo‘lishi bilan boshqa kuchaytirgichlardan ustun turadi. SHuning uchun ulardan juda ko‘p radioelektron va boshqa muammolarni xal qilishda keng foydalaniladi. Qo‘llaniladigan vazifasi va boshqa belgilarga qarab juda ko‘p turdagi elektron kuchaytirgichlar ishlab chiqarilgan va turlicha nomlar bilan yuritilgan.
Kuchaytirish jarayonini 1.2-rasmda ko‘rsatilgan sxema yordamida tushuntirish mumkin. Unda o‘zgarmas E tok manbai bilan ketma-ket qilib ikki qarshilik Zi (boshqariluvchi) va Zp (o‘zgarmas) bo‘lgan. Zp qarshilik yuklama qarshiligi deb ataladi. Zi chiziqli bo‘lmagan asosiy element qarshiliga bo‘lib, zanjirning kirishiga (punktir chiziq) boshqaruvchi kuchlanish yoki tok ta’sir etganda kattaligi o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarish juda keng oraliqda bo‘lib, manba energiyasi sarf bo‘lmagan yoki juda oz miqdorda sarf bo‘lgan holda sodir bo‘ladi. Lekin Zp qarshilikda ajraladigan quvvat ortadi. SHunga ko‘ra, boshqaruvchi elementning vazifasi o‘zgarmas tok manbai o‘zgarmas Zn yuklama qarshiligiga uzatilishini tartibga solishdan iboratdir. Odatda bu jarayon juda katta tezlikda o‘tadi. SHuning uchun Zi juda kichik inersiyali element bo‘lishi kerak. Eng sodda holda Zi vazifasini ko‘p elektrodli elektron lampa yoki yarim o‘tkazgichli triod bajaradi.


1.2-rasm. Kuchaytirish sxemasining tarkibi.
SHunday qilib, kuchaytirish fizikaviy jarayon bo‘lib, kam quvvatli manba yordamida katta quvvatli manba energiyasi boshqarilishidan iboratdir. Bu katta quvvatli manba energiyasining kam quvvatli signalni uzatilishiga olib keladi. SHunga ko‘ra kuchaytirgich katta quvvatli manba energiyasini kam quvvatli signalni amalga oshiruvchi qurilmadir.
Agar signal quvvatining ortishida uning shakli saqlansa, kuchaytirish chiziqli deb, aks holda esa, chiziqli bo‘lmagan kuchaytirish deb ataladi.
SHuni yodda tutish kerakki, kuchaytirgichga ta’sir etuvchi tebranish amplitudasini oshirib borishi ko‘p qurilmalardan tubdan farq qiladi. Masalan, yuksaltiruvchi transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amining kuchlanishi birlamchi cho‘lg‘amining kuchlanishidan katta bo‘ladi; yakka konturdan rezonans vaqtida reaktiv elementidagi kuchlanish yoki tokning aslligi (Q) ortadi va x. k. Lekin ularda chiqish quvvati kirish quvvatidan hamma vaqt kichik bo‘ladi. SHuning uchun ularni kuchaytirgich deyish mumkin emas.
Umuman har bir kuchaytirgich asosiy qismga ega:
Boshqaruvchi (kuchaytiruvchi) inersion bo‘lmagan element;
O‘zgarmas tok manbai;
YUklama - iste’molchi;
Qolgan barcha qismlar yordamchilardir. Bunda yuklama kuchayib chiqqan signalni ajratib olsa, yordamchi qismlar - kuchaytirgichnnng u yoki bu ish rejimini hosil qiladi.
Boshqaruvchi turiga qarab, kuchaytirgichlar lampaviy yoki yarim o‘tkazgichli, (tranzistorli) yuklamaning turiga qarab esa, aperiodik yoki tanlovchi kuchaytirgichlarga ajratiladi.
Tanlovchi kuchaytirgichlarda yuklama vazifasini tebranish konturlari bajaradi. Agar u yakka tebranish konturidan iborat bo‘lsa, kuchaytirgich rezonans kuchaytirgich deb, bog‘langan tebranish konturi bo‘lsa, o‘zgarmas sohali kuchaytirgich deb ataladi.
Rezonans kuchaytirgichlar turli chastotali signallar spektridan yakka yoki juda kichik chastota sohasiga to‘g‘ri keladigan tebranishlarni kuchaytirib beradi. Bu xususiyat uning chastota tanlash xususiyati deb ataladi.
O‘zgarmas sohali kuchaytirgichlar deyarli to‘g‘ri to‘rt burchak shaklga yaqin o‘tkazish sohasiga ega. SHuning uchun ular signal spektridagi tebranishlarning malum chastota oralig‘ini kuchaytirib beradi.
Aperiodik kuchaytirgichlarda yuklama vazifasini rezonans xususiyatiga ega bo‘lmagan elementlar rezistor, drossel, transformator va boshqalar bajaradi.








Yüklə 167,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin