O’zbekiston Respublikasi va komunikatsiyalarni rivijlantirish vazirligi



Yüklə 167,83 Kb.
səhifə2/3
tarix09.12.2022
ölçüsü167,83 Kb.
#73397
1   2   3
abduxoliqov asadulla Elektroika

2. Bipolyar tranzistorlar.
Biqutbli tranzistor (odatda uni oddiy qilib transistor deb atashadi) – bu ikkita yoki undan ortiq o‘zaro birgalikda ishlovchi tog‘rilagich elektr o‘tishlarga ega bo‘lgan, elektr signallarni kuchaytirish va hosil qilishga mo‘ljallangan yarimo‘tkazgich asbobdir.
Tranzistor (yarimo‘tkazgich triod) 1947 yilda amerikalik olimlar J. Bardin va U. Bratteyn tomonidan ixtiro qilingan edi. Bu voqea yarimo‘tkazgichlar elektronikasi uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. Tranzistorlar lampali triodlarga nisbatan ancha kichik kuchlanishlarda ishlashi mumkin. Ular lampalarning oddiy almashtiruvchilari emas, o‘zgaruvchan tok signallarini kuchaytirish va hosil qilishdan tashqari ular kalit elementlar sifatida ham xizmat qilishlari mumkin. “Biqutbli” deb atalishiga sabab, ushbu tranzistorlarning ishida ikki xil zaryad tashuvchilar: elektronlar va kovaklar ham ishtirok etadi.
Biqutbli tranzistorning strukturasi 7.1- rasmda keltirilgan. U uchta, elektr o‘tkazuvchanligining turi navbatma-navbat o‘zgarib turadigan, sohali yarimo‘tkazgich monokristaldan iborat. YArimo‘tkazgichning har bir sohasidan tok olgichlar (omik kontaktlar) qilingan.
Tranzistorning ikkala “elektron-kovak” o‘tishlari o‘rtasida joylashgan sohasi baza (B) deb ataladi. Bazaga yopishgan sohalarni odatda har-xil qilib tayyorlashadi. Sohalardan birini bazaga



7.1- rasm. Biqutbli transistor strukturasining sxematik tasviri.

iloji boricha zaryad tashuvchilarni ko‘proq injeksiya qiladigan etib, ikkinchisini esa bazaga injeksiya qilingan zaryad tashuvchilarni ko‘proq terib oladigan, yani bazadan zaryad tashuvchilarni ekstraksiya qiladigan etib yasashadi.


Tranzistorning asosiy vazifasi zaryad tashuvchilarni bazaga injeksiya qilish bo‘lgan sohasi emitter (E) deb, baza bilan emitter o‘rtasidagi «p-n” o‘tishi esa emitter o‘tishi (EO‘) deb ataladi. Tranzistorning asosiy vazifasi zaryad tashuvchilarni bazadan to‘plab olish, yani ekstraksiya qilish bo‘lgan sohasi kollektor (K) deb, baza bilan kollektor o‘rtasidagi «p-n” o‘tishi esa kollektor o‘tishi (KO‘) deb ataladi. CHekka qatlamlar (emitter va kollektor) elektro‘tkazuvchanliklarining turiga qarab p-n-p va n-p-n tipdagi tranzistorlarni farqlashadi. Tranzistorlarning ikkala tipida ham fizik jarayonlar o‘xshash, ular faqat injeksiya va ekstraksiya qilinayotgan zaryad tashuvchilarning turi bilan farqlanadi va bir xil keng qo‘llaniladi.
Prinsipial elektr sxemalarda tranzistorlar 7.2- rasmda ko‘rsatilgan shartli grafik belgilar bilan tasvirlanadi.


7.2- rasm. Tranzistorlarning shartli belgilanishi:


p-n-p tipidagi transistor (a);
n-p-ntipidagi transistor (b).

Yüklə 167,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin