O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


§. Boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə7/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

§. Boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlari


  1. Korxonalarning energiya xo‘jaligida dispetcherlik, ishlab chiqarish-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy masalalarni hal etish uchun ular energiya xo‘jaligi boshqaruvining avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda — BAT) bilan jihozlanadi.

  2. Energiya xo‘jaligining BAT, korxona BAT tizim asosi bo‘lib, ta’minlovchi energetika tizimi bilan kelishilgan hajmda, uning dispetcherlik punktlari bilan zarur aloqa va telemexanika vositalariga ega bo‘lishi shart.

  3. Elektr xo‘jaligi BATning energiya xo‘jaligi BATning tarkibiy qismi bo‘lishi kerak hamda o‘z tarkibida elektr ta’minoti va elektr qurilmalarini ta’mirlashning dispetcherlik boshqaruvi tizimlariga, shuningdek, elektr xo‘jaligida ishlab chiqaruvchi-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimlariga ega bo‘lishi mumkin.

  4. Elektr xo‘jaligining BAT quyidagi masalalar majmuini hal etishi kerak: dispetcherlik boshqaruvini;

ishlab chiqarish-texnik faoliyatni boshqarishni; iste’molning hisobga olinishini va nazoratini;

tarmoqlarning mansublik chegarasida elektr energiyasining sifati nazoratini; texnik-iqtisodiy prognozlashni va rejalashtirishni;

elektr uskunalarining ta’mirlanishini, elektr energiyasi taqsimlanishini va sotilishini, elektr xo‘jaligining rivojlanishini, moddiy-texnika ta’minotini, kadrlarni boshqarishni;

ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarni tayyorlashni.



  1. Har bir elektr xo‘jaligida BAT masalalari majmualari, ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqib, mavjud namunaviy amaliy dasturlar paketlari yechimlaridan va texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni hisobga olgan holda bosh muhandis yoki elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan aniqlanadi.

  2. BAT texnik vositalarining majmui tarkibiga quyidagilar kirishi kerak:

axborotni yig‘ish va uzatish vositalari (axborot datchiklari, aloqa kanallari, telemexanika qurilmalari, ma’lumotni uzatish apparaturasi va boshqalar);

axborotni qayta ishlash va aks ettirish vositalari (elektron hisoblash mashinalari, analog va raqamli asboblar, displeylar, bosib chiqaruvchi qurilmalar va boshqalar);

yordamchi (elektr ta’minoti, havoni konditsiyalash, yong‘inni avtomatik ravishda o‘chirish va xabar berish) tizimlari.


  1. BATni ishga tushirish belgilangan tartibda qabul komissiyasining dalolatnomasi asosida amalga oshirilishi kerak. Sanoat ekspluatatsiyasiga kiritish oldidan undan 6 oydan

ko‘p bo‘lmagan vaqtda tajriba asosida foydalanish mumkin.

BATni yaratish va ishga tushirishni navbatma-navbat amalga oshirish mumkin.

BATni sanoat ekspluatatsiyasiga qabul qilish, ishga tushirilayotgan navbat uchun ko‘zda tutilgan barcha masalalar sanoat ekspluatatsiyasiga qabul qilingandan keyin amalga oshirilishi shart.


  1. BATni ekspluatatsiya qilishni tashkil etishda texnik vositalar majmuiga xizmat ko‘rsatish, dasturiy ta’minot bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarning majburiyatlari korxona rahbarining buyrug‘i bilan belgilanishi shart.

Bunda kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari bo‘ylab telefon aloqalari va telemexanikaning yuqori chastota kanallari uskunalarini (aloqa kondensatorlari, yuqori chastotali to‘siq reaktorlari, yerga ulovchi pichoqlar, aloqa antennasi qurilmasi, o‘tish izolyatorlari, sozlash elementlari va ulanma filtrlari zaryadsizlagichlari va boshqalar) ekspluatatsiya qilish va ta’mirlashni kuchlanishi 1000 V

dan yuqori qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar amalga oshirishi shart.

Kuchlanish va tok transformatorlarining ikkilamchi cho‘lg‘am zanjiriga ulanadigan teleo‘lchashlar datchiklarini (o‘zgartirgichlar) tekshirishni, ularga texnik xizmat ko‘rsatishni himoya vositalari va avtomatika qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda metrologik ta’minot bilan shug‘ullanuvchi tegishli bo‘linmaning xodimlari amalga oshirishi kerak.


  1. BATga xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalar quyidagilarni ta’minlashi shart:

texnik vositalarning, axborot va dasturiy ta’minotning ishonchli ekspluatatsiya qilinishini; ish jadvaliga binoan tegishli bo‘linmalarga elektron hisoblash mashinalarida ishlov

berilgan axborotlar berishni;

amaldagi me’yorlarga muvofiq hisoblash texnikasidan samarali foydalanishni;

yangi masalalarni joriy etgan, foydalanilayotgan dasturlarni modernizatsiyalagan, berilgan ma’lumotlarni yig‘ish va tayyorlashning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan holda boshqaruv tizimini takomillashtirish va rivojlantirishni;

me’yoriy — ma’lumot axborotlarini toifalashni amalga oshirishni;

BATning aloqador iyerarxik bosqichlari bilan o‘zaro ma’lumotlar harakatini tashkil etishni; BAT faoliyati uchun zarur yo‘riqnoma va uslubiy materiallarni ishlab chiqishni;



BAT ishlarini, uning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinishini, hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilishini.

  1. Har bir BAT bo‘yicha unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar korxonaning bosh muhandisi tasdiqlagan ro‘yxat asosida texnik va ekspluatatsiya hujjatlarini yuritishlari kerak.

  2. Podstansiyalar va dispetcherlik punktlarida teleboshqaruvning chiqish zanjirlari ishlashini to‘xtatish uchun maxsus umumiy kalitlar yoki o‘chiruvchi qurilmalar qo‘llanilishi kerak. Teleboshqaruv zanjirini va alohida ulanmalar telesignalizatsiyasini o‘chirish ajratuvchi qisqichlarda yoki individual o‘chirish qurilmasida amalga oshirilishi kerak.

Teleboshqaruv va telesignalizatsiya zanjirlarida teleboshqaruvning umumiy kalitlari va individual o‘chirish qurilmalari bilan barcha operatsiyalarni faqat dispetchyerlar ko‘rsatmasi bo‘yicha yoki unga xabar berib, bajarishga ruxsat beriladi.

  1. BATning texnik vositalaridagi ta’mirlash va profilaktika ishlari tasdiqlangan ish jadvallariga muvofiq ravishda bajarilishi shart. Ularni ta’mirga chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tartibi tasdiqlangan nizom bo‘yicha aniqlanishi shart.

Dispetcherlik aloqa vositalarini va telemexanika tizimini ishlashdan to‘xtatish tezkor buyurtma bilan rasmiylashtirilishi shart.

  1. Korxona rahbari BAT faoliyatini tahlil qilishni, uni ekspluatatsiya qilish nazoratini, BATni rivojlantirish va takomillashtirish hamda o‘z vaqtida qayta jihozlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishini ta’minlashi kerak.

      1. Yüklə 0,98 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin