O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə23/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar


  1. Elektr uzatish havo tarmoqlarining (keyingi o‘rinlarda — HT) trassasi davriy ravishda daraxt novdalaridan va shoxlaridan tozalanib turishi va yong‘inga nisbatan xavfsiz holatda saqlanishi kerak.

Simlarga bevosita yaqin o‘sayotgan daraxtlarlarni kesishni HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot amalga oshiradi.

Daraxt shoxlarini HT simlariga 1 m dan yaqin masofaga yaqinlashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.



  1. HTni ekspluatatsiya qilish uning ishonchli ishlashini ta’minlashga qaratilgan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini (kapital va joriy) ko‘zda tutadi. Texnik xizmat ko‘rsatishda HLni ko‘rikdan o‘tkazishlar, profilaktik tekshiruvlar va o‘lchovlar o‘tkazilishi, kichik shikastlanish va nosozliklar bartaraf qilinishi hamda boshqa ishlar amalga oshirilishi kerak.

  2. HTni ekspluatatsiya qilishda ularni davriy va navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazish amalga oshiriladi. Davriy ko‘riklar ish jadvalini elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlaydi.

Ko‘riklar kamida 6 oyda 1-marta, odatda bahor va kuz oylarida o‘tkazilishi kerak. Yuqoridagi ko‘rikdan o‘tkazish zarurat bo‘yicha o‘tkaziladi.

HT ni navbatdan tashqari ko‘rikdan daryolarda muz ko‘chish va suv toshish davrida, trassa zonasida yong‘in bo‘lganda, kuchli bo‘ronlar, dovullar, sovuqlar va boshqa tabiiy ofatlar

yuz berganda o‘tkaziladi.


  1. Tarmoqlar va kirish joylarini ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilarga ahamiyat berish zarur: izolyatorlarning kuygan, darz ketgan va singanligiga, sim tolalarini uzilganligi va

eriganligiga, bog‘lamlarning butunligiga, simlarning rostlanishiga;

tayanchlarning holatiga va ularning tarmoq bo‘ylab yoki ko‘ndalangiga og‘ishiga, bandajlarning va yerga ulash qurilmalarining butunligiga;

brikmalarning holatiga, unda yerdan turib irg‘itib tashlangan simlar mavjudligiga va simlarni daraxt shoxlariga tegishiga;

kirish shoxobchalari va saqlagichlarning holatiga; tugallovchi kabel muftalari va tushishlarning holatiga; trassaning holatiga.

Ko‘rikdan o‘tkazishda bandajlarni tortish, tayanchlarga chiqmasdan gaykalarni, bandajlarning boltli birikmalarini burash, tayanchlarning raqamlanishini tiklash va boshqalarni o‘tkazish zarur.



Avariya tusidagi shikastlanishlar va nosozliklarni darhol bartaraf qilish shart.

  1. HTga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ishlashini nazorat qilish maqsadida MTH tomonidan HT trassasi elementlarining holatini, avariyaga qarshi tekshirishlar va boshqa tadbirlarni baholash uchun 1 yilda 1-marta tanlab nazorat ko‘rigi o‘tkazilishi shart.

  2. HTda elektr uskunalarini SQ va Mda ko‘zda tutilgan hajmlar va muddatlarda profilaktik tekshiruvlar, o‘lchovlar va sinovlar o‘tkazilishi shart.

  3. Tayanchlar bandajlari diametri 4 mm va undan ortiq bo‘lgan ruxlangan yumshoq simlardan qilinishi lozim.

Diametri 5-6 mm bo‘lgan ruxlanmagan simlarni qo‘llashga, agar ular asfalt laki bilan qoplangan bo‘lsa, ruxsat etiladi. Loyihada maxsus ko‘rsatmalar bo‘lmaganda, bandaj o‘ramlarining soni quyidagicha qabul qilinadi: sim diametri 4 mm bo‘lganda — 12; sim diametri 5 mm bo‘lganda — 10; sim diametri 6 mm bo‘lganda — 8.

  1. HTni ko‘rikdan o‘tkazishda, profilaktik tekshirishlarda va o‘lchashlarda aniqlangan nuqsonlar maxsus nuqsonlar jurnalida (kartotekasida) qayd qilinadi va xususiyatiga qarab, zudlik bilan yoki rejali (rejadan tashqari) texnik xizmat ko‘rsatishda yoki HLni kapital ta’mirlashda bartaraf etiladi.

  2. HTni kapital ta’mirlash uning konstruksiyasiga, elementlarining texnik holatiga va ekspluatatsiya qilish sharoitlariga (tabiiy sharoitlar, atmosfera va tuproq suvlarining

yemiruvchanligi, tuproqning holati va boshqalar) qarab, lekin 6 yilda kamida 1-marta o‘tkaziladi. I va II shamol va muzlash hududlarida 0,4 kV kuchlanishli HT tayanchlarining ta’mirlash davriyligini 9 yilgacha uzaytirishga ruxsat beriladi.

  1. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari, odatda barcha zarur ishlarni bir vaqtning o‘zida bajarish bilan HT o‘chirish muddatini iloji boricha qisqartirib, kompleks usulda amalga oshiriladi.

  2. Avariyaviy shikastlanishni o‘z vaqtida bartaraf qilish maqsadida HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona belgilangan me’yorlarga ko‘ra materiallar va detallarning avariyaviy zahirasiga ega bo‘lishi shart.

Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga

    1. ILOVA

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin