Ikkinchi variantda,til aniq ma’lum yoki ma’lum deb xisoblanadiyu, lekin matn noma’lum Yozuv bilan bitilgan, masalan, Kiprning tuginli sistemasida yozilgan Yunon Yozuvi yoki oddiy misol: siz nemischani tushunasiz, biroq faqat lotincha harf (shriftni) o’qiy olasiz va got harflarini bilmaysiz. Bu erda tadqiqotchiga bir xil belgilar sistemasini boshqa xil sistemaga o’tkazishga to’g’ri keladi.
Nixoyat uchinchi,oxirgi variant sizga til ham, Yozuv ham noma’lum. Bu tatqiqot eng qiyin biroq eng jozibali xol albatta. Bunda tatqiqotchi bir xil Yozuv sistemasini boshqa sistemaga o’tkazishi va ma’nosini tushunib olishi lozim. Bu vaqtda yordamchi fanlarning imkoni boricha barcha ilmiy vositalarining yordami zarur. SHuning uchun, masalan, Xett mixxatida yozilgan matnni o’qish bilan Misr ierogliflari yoki mixxatni o’qishni bir darajaga qo’yib bo’lmaydi.
Noma’lum matnni o’qish, ya’ni deshifrovka qilishning eng barakali vositasi – bilingva dir, ya’ni turli tillarda yozilgan biroq ozmi-ko’pmi bir xil mazmunga ega bo’lgan ikki parallel matndir.
Masalan, rus va o’zbek tillarda yozilgan e’lonlar bunga misol bo’la oladi. Agar bilingva bo’lmaganida Misr ierogliflarini ham Bobil mixxatlarini ham o’qib bo’lmas edi.
1974 yili Turkiyaning Janubida Fransuz arxeologlari balandligi bir metrdan sal oshiqroq tosh devorni topishadi. Dvorga ikki tilda emas, balki bir yo’la uch tilda:Likiyaliklar,qadimgi Misrliklar va Oromiy tilida bitilgan Yozuv – tirilingva ni ko’rib olimlarning sevinchi to’lib toshdi. Oromiy Yozuvi qadimgi Yunon Yozuvi kabi yaxshi o’rganilgan edi. U qadimgi Eron imperiyasida davlat tili vazifasini o’tagan.