Test savollari
1. Corel Draw da istalgan grafik ob’ekt quyidagilarga aylantirilishi mumkin
a) aylanalarga
b) * egri chiziqlarga
c) to‘rt burchaklarga
d) segmentlarga
2. Corel Draw dasturining asosiy xususiyati – bu
a) tasvirlar bilan operatsiyalar butunligicha bajariladi
b) nuqtali tasvirning piksellari bilan operatsiyalar bajariladi
c)* standart ob’ektlar bilan operatsiyalar bajariladi
d) funksiya grafiklari bilan operatsiyalar bajariladi
5-MAVZU. HUJJAT OYNASI. HUJJATLARNI OCHISH VA HUJJAT OYNASINI BOSHQARISH. TASVIR MASSHTABI. CHIZG’ICHLAR VA ULADAN FOYDALANISH. HUJJATNI AKS ETTIRISH TARTIBLARI. COREL DRAW DASTURIDA FAYLLARNI SAQLASH (2 SOAT MA’RUZA).
Reja
CorelDraw dasturi Hujjat oynasi. Hujjatlarni ochish va hujjat oynasini boshqarish
Tasvir masshtabi. Chizg’ichlar va uladan foydalanish
Hujjatni aks ettirish tartiblari. CorelDraw dasturida fayllarni saqlash
Hujjat oynasi. Hujjat oynasini holati menyular qatoridagi «Okno» bandining buyruqlari orqali o’zgartiriladi. Ularning ko’rinishlari quyidagicha:
Bu menyu orqali yangi oyna, oynalarni kaskad, gorizontal va vertikal ko’rinishlarga keltirish, ranglar palitrasi, oyna ko’rinishini sozlash, oynani yopish, barcha oynalarni yopish kabi amallarni bajarishimiz mumkin. Bu esa foydalanuvchiga o’z navbatida qator qulayliklarni yaratib beradi. Masalan: «TSvetovыe palitrы» bandi ochiluvchi ro’yxatni tavsiya etadi va bu ro’yxat o’nlab palitraga ega bo’lib, tanlash imkoniyatimiz kengligini ko’rsatadi.
Hujjatlarni ochish va hujjat oynasini boshqarish. Hujjatlar «Fayl» menyusidagi «Otkrыt» bandi orqali ochilishi mumkin, ushbu ochilgan muloqot oynasidan biz o’zimizga kerakli fayllarni tanlay olamiz. CorelDraw bir vaqtning o’zida bir necha hujjat bilan ishlash imkoniyatini beradi. Har bir hujjatga alohida oyna ajratiladi. Hujjat oynasi asosiy oyna chegarasidan tashqariga chiqa olmaydi va u ishchi sahifa (sahifa ramkasi bilan chegaralangan) hamda ishchi sohadan iborat.
Illyustratsiya ishchi sahifaning chegarasida joylashishi shart, uning bu chegaradan tashqi sohada joylashgan qismi chop etilmaydi. Ish sohasi illyustratsiyaning ma`lum qismlarini vaqtincha saqlash va hujjatning sahifalariga bu qismlarni o’tkazish uchun vaqtincha joylashtirish uchun xizmat qiladi. Ish sohasining hajmi judda katta bo’lib, undan bemalol foydalanishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |