37-mavzu: Flash texnologiyasida so’rov shaklidagi ob’ektlarni yaratish
(4soat laboratoriya ishi).
Tinglovchilarda FLASH texnologiyasida so’rov shaklidagi ob’ektlarni yaratishga doir bilimlarni shakllantirish
38-mavzu: Flash texnologiyasida animatsiyalar hosil qilish (6 soat laboratoriya)
Tinglovchilarda Flash texnologiyasida animatsiyalar hosil qilishga doir bilimlarni shakllantirish
Foydalaniladigan asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati.
Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalari.
Bezruchko V. T. Informatika kurs lektsiy: Uchebnoe posobie. M.: ID. "Forum": INFRA, M. 2013, 432s
Isaev G.N. Modelirovanie informatsionnыx resursov: teoriya i reshenie zadach: Uchebnoe posobie. M.: Alfa-M: INFRA, M. 2012, 224s.
Qo’shimcha adabiyotlar
Karimova D. Kompyuternie texnologii upravleniya trudom. FAN, Tashkent, 2001
B.Boltayev, A.Azamatov, Sh.Xidirov, B.Xurramov. “Algoritmlash va Paskal dasturlash tili bo’yicha misol va masalalar yechish usullari”. Toshkent, 2012 yil.
1-MAVZU. MIKROPROSESSORLAR HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR
(2 soat ma’ruza)
Reja
1. Kompyuterning zamonaviy texnik va dastuyriy ta’minoti fani haqida;
2. Markaziy prosessor, arifmetik – mantiqiy qurilma, berilgan va adreslar shinasi, registrlar; buyruqlar hisoblagichi, kesh haqida tushuncha;
3. O’zgaruvchi nuqtali sonlar matematikasi soprosessori haqida tushuncha.
Mikroprotsessor (MP) shaxsiy kompyuter (SHK)ning markaziy bloki bo’lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi.
Boshqarish qurilmasi (BQ): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.
Dostları ilə paylaş: |