O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə86/151
tarix25.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137457
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   151
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-www.hozir.org

KOMPYuTYeR GRAFIKASINING TURLARI

Mashina grafikasi
Hech kimga sir emaski fan texnika taraqiyoti jamiyatimizni informatsion jamiyatga aylantirmoqda. Bu jamiyatda faoliyat ko‘rsatuvchilarning aksariyat qismi axborotlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan banddirlar. Ma’lumki bunday ishlarni zamonaviy kompyuterlarsiz amalga oshirish qiyin. Ulardagi ma’lumotlarni qayta ishlashni mashina grafikasi yordamida amalga oshirish foydalanuvchiga katta qulayliklar tug‘diradi.
Mashina grafikasi deganda ob’ektlarnining hajm modellarini yaratish, saqlash, ishlov berish va EHMlar yordamida ularni namoyish etish tushiniladi. Kompyuter grafikasi yangi informatsion texnologiyalar orasida to‘xtovsiz rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bunday rivojlanish texnika sohasida ham, dasturiy vositalar sohasida ham ko‘zga tashlanmoqda. Bu dasturiy mahsulotlar namoyish grafikasiga, geometrik modellashtirishga, grafik interfeyslarni loyihalashga, animatsiya (harakatlanuvchi tasvirlar)ga va ko‘zga ko‘rinuvchi (vizual) harakatni qurishga imkon beradi.
Grafik qiyofa va eksplikatsiya
Elektron grafikani tuzish va uni tushunish uchun grafika elementlari ma’nosi va ularni turli holatlarda qo‘shishni o‘rganish muhim hisoblanadi.
Tasvirlashning grafik usuli yoki grafik til – bu fikrni ifodalashning fazoviy tasvirlash yoki shartli ravishda tekislikda aks ettirish usullarining to‘plamidir.
Grafik tasvirlashning namunalari – geometrik figuralar, turli haritalar, iqtisodiy analiz diagrammalari, korxonalarning tashkiliy – strukturaviysemalari va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Aqliy tasavvur va qiymatlar to‘plamini ifodalovchi chizmalarni tuzish jarayoni grafiklashtirish deyiladi, uning natijasi esa – grafika deyiladi.
Grafika ikki elementga bo‘linadi: grafik qiyofa va eksplikatsiya.


Grafik qiyofa – chizmalar to‘plami bo‘lib, ular o‘zaro bog‘lanishlari bilan birgalikda tushuniladi.

Eksplikatsiya – grafik obraz mohiyatini ochib beruvchi shartli belgilar to‘plami. Grafik obraz – simvol, geometrik shakl ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Grafik eksplikatsiya uch qismga bo‘linadi: geometrik, ideografik va xususiylashgan.
Ideografik eksplikatsiya – shartli belgilar, figurali, chiziqli, fonli va boshqalar ma’nosini tushintiradi, bu shartli belgilar grafika elementlariga aniq bir ma’no bag‘ishlaydi.
Geometrik eksplikatsiya – koordinata o‘qlari, shkalalar, masshtablardir. Ular yordamida geometrik qiyofalargeometrik hususiyatlarga ega bo‘ladi, chunki bu vositalar yordamida geometrik yuzalar xossalaridan foydalaniladi.
Hususiylashgan eksplikatsiya – sarlavhalar, tushuntirishlar (sonlar va belgilar) bo‘lishi mumkin. Tushuntirishlar grafikaning ushbu bilimlar doirasida qanday joy egallaganligini ko‘rsatadi va til nuqta nazaridan grafikaning eng zaruriy elementi hisoblanadi, chunki usiz grafika hech qanday ma’no kasb etmaydi.
Shunday qilib grafika – bu maxsus, fikran yaxlit xayoliy g‘oyalarning ikki o‘lchovli (yoki uch ulchovli) tasvirda ifodalangan grafik qiyofasi va uning eksplikatsiyasidir.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin