Matnli kompanentalar. Bu kompanentalar ma’lumotlarni kiritish, saqlash, tahrir qilish va turli xabarlar berish vositasi sifatida foydalaniladi.
-Tlabel (belgi) kompanentasi. Belgi bu sizning dasturingizdagi boshqa ob’ektlarni identifikatsiyalashganligi uchun foydaliroqdir. Belgi sizga mo‘ljallashtirishda va bundan tashqari foydalanuvchiga o‘z nomidan tashqari axborot berishda hamda oyna va belgilarni tavsiflashda yordam beradi.
WordWrap va AutoSize xossalari. Belgining ushbu xossasi belgi kompanentasini o‘rnatishda foydaliroqdir. WordWrapqiymati true bo‘lsa, Delphi aftomatik ravishda qatorni tamg‘ani nomlanishiga o‘tkazadi. AutoSize xossasining qiymati true ga teng bo‘lsa bu uning asl qiymatidir (po umolchaniya).
Onclick hodisasi. Bu hodisa foydalanuvchiga dasturni mo‘ljallashtirishda yordam berishi uchun foydali hisoblanadi.
EDIT komponentasi orqali matnli ma’lumotlarni kiritish va keyinchalik dastur jarayonida bu qiymatdan foydalanish imkonini beradi.
MaskEdit ko‘p hollarda ma’lumotlarni yashirish holda yoki biror bir kodlash orqali kiritishga to‘g‘ri kelib qoladi. Shunday holda bu komponentadan foydalanish mumkin. Masalan parol kiritishda va hokazo.
Memokomponentasi sodda matn muhariri bo‘lib, u ko‘p satrli ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun ishlatiladi.
Bu komponentalar mantlar ustida amallar bajarish uchun ishlatiladi.
PasswordChar xossasi. Ushbu xossa matnni kiritishdan ximoya uchun foydalaniladi. Parol kiritish kerak paytida foydalaniladi. Ushbu xossadan siz maxfiylikning qo‘shimcha darajasini ta’minlash uchun va foydalanuvchi ismini yashirish uchun foydalanish mumkin.
ReadOnly xossasi. Ushbu xossa ob’ektning qiymatini taxrirlash imkoniyatini boshqaradi. Siz uning qiymatini False yoki True qilib qo‘yishingiz mumkin. Agarda xossaning qiymati True bo‘lsa foydalanuvchi ushbu ob’ektdan foydalanishga, ya’ni ixtiyoriy matnni belgilash va nusxasini buferga olish uchun birmuncha ruxsat beradi.