Test savollari 1. Qaysi dasturlar foydalanuvchi dasturlarini boshqarish, rejalash EXM xisoblash resurslarini boshqarish uchun mo‘ljanlangan? a) *Operatsion tizimlar
b) Operatsion qobiqlar
c) Utilitlar
d) Dasturlash tillari
2. Foydalanuvchi operatsionn tizim komandalari bilan ishlashni yngilashtirishga qaratilgan dasturlar? a) Operatsion tizimlar
b) *Operatsion qobiqlar
c) Utilitlar
d) Dasturlash tillari
13-MAVZU: OPERATSION SISTAMALAR VA ULARNING TURLARI, OPERATSION SISTEMALARNING TARIXI
(2 soat ma’ruza)
Reja 1. Zamonaviy operatsion tizimlar
2. BIOS kengaytmasi bloki
3. DOS bazaviy bloke
4. Buyruqli protsessor
Hozirgi paytda turli hil operatsion sistemalar yaratilgan bo`lib, ular tuzilishiga ko`ra har-hil vazifalarni bajaradi. Misol uchun, UNIX operatsion sistemasi setlar ya`ni tarmoqlar bilan juda yaxshi ishlaydi lekin, disklar bilan ishlashda turli kamchiliklarga ega. MS DOS operatsion sistemasi esa tarmoq bilan ishlada qiyiinchilik tug`diradi. Operatsion sistemalar (OS) foydalanuvchi va kompyuter orasida muloqotni amalga oshiruvchi maxsus dasturlardir. U tezkor xotiradan foydalanish, disklar ustida amallar bajarish hamda kompyuterning boshqa qurilmalar ishlarini boshqaradi.
Operatsion sistemalar turli masalalar uchun mo`ljanlangan bo`ladi. Hozirgi zamon operatsion sistemalari quyidagi guruhlarga bo`linadi:
Kichiq xajmdagi Shaxsiy EHMlarga mo`ljallangan OS (MS DOS, PC DOS);
O`rta xajmdagi Shaxsiy EHMlarga mo`ljallangan grafik OS (Windows, Apple OS);
Katta xajmdagi mantiqiy tarmoqlarni boshqaruvchi OS (Windows NT, Windows XP, Unix, Xenix, Linux).
Windows operatsion sistemasi MS DOS operatsion sistemasiga nisbatan grafik imkoniyatlari mavjudligi uchun ancha qulaydir, ammo Windowsdan foydalanish uchun tezkor kompyuter va kattaroq xotira xajmi talab qilinadi.