O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə51/151
tarix25.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137457
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   151
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-www.hozir.org

Windows 95 (1995)
Windows 95 — operatsion tizim tarixidagi eng muhim yangilanishlardan biri. Windows’da Start («Pusk») menyusi tatbiq etildi, xilma-xil dasturlar, jumladan, Internet Explorer paydo bo‘ldi.

Windows 98 (1998)
Windows 98 tizimi Windows 95’ning muvaffaqiyatlari va kompyuterning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish asosida tayyorlandi. Microsoft bu safar internetga katta e’tibor qaratdi — tizimda internet bilan bog‘liq ish va vazifalarni osonlashtirishga xizmat qiluvchi Active Desktop, Outlook Express, FrontPage Express, Microsoft Chat, NetMeeting kabi dastur va funktsiyalar mavjud edi.

Windows ME (2000)

Windows ME’da asosiy urg‘u multimediaga qaratildi, biroq u yaxshi ishlamas, ko‘p xatolik berardi. Windows Movie Maker dasturi birinchi marta aynan MYe’da paydo bo‘ldi, Windows Media Player va Internet Explorer kabi dasturlar esa yangilandi va yaxshilandi.


Windows 2000 (2000)

Windows 2000 avvalgi versiyalardan biri — Windows NT asosida biznes bilan bog‘liq mijozlar va server kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan edi.



Windows XP (2001)
Windows XP’da Microsoft’ning shaxsiy va biznes kompyuterlarni uyg‘unlashtirish borasidagi harakatlari meva berdi. Bungacha Windows’ning hech bir versiyasi yetti yil davomida bozorda yetakchilik qilmagandi.

Windows Vista (2007)

Windows Vista xuddi Windows NT kabi sovuq kutib olindi. Microsoft kompaniyasi Vista ustida olti yil ishlab, yangi aero-interfeysni joriy etgan va xavfsizlik xossalarini kuchaytirgan edi, biroq bularning yangi, yaxshiroq kompyuterda soz ishlardi. Vista — Windows tarixidagi eng ko‘p tanqid qilingan tizimlardan biridir.


Windows 7 (2009)
2009 yili Vista bilan bog‘liq bo‘shliqlar o‘rnini to‘ldirish uchun Windows 7 chiqarildi — Microsoft korporatsiyasi tizimning ish samardorligini oshirish va foydalanuvchi interfeysini yaxshilash ustida ko‘p mehnat qilgani sezilib turardi. Windows 7 hozirda Windows’ning eng ommabop versiyalardan biridir.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin