Loyihalashtirish
Ushbu bosqichning asosiy vazifalari bo‘lib, ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotning batafsil xususiyatlarini aniqlash hisoblanadi. Murakkab dasturiy ta’minotni loyihalash jarayoni, odatda, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
umumiy tuzilmani loyihalash – asosiy komponentlarni va ularning o‘zaro aloqalarini aniqlash:
komponentlarni dekompozitsiyalash va blok – ierarxiyali yondoshuv tavsiyalariga muvofiq tuzilmaviy ierarxiyaning tuzilishi;
komponentlarni loyihalashtirish.
Loyihalashtirishning natijasi bo‘lib, ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot, uning barcha turdagi darajalar komponentlari bilan birgalikdagi batafsil modeli hisoblanadi.
Loyihalashtirishni ikkita aspektga bo‘lish mumkin:
Mantiqiy loyihalashtirish, o‘z ichiga kelgusidagi dasturiy ta’minotning faoliyat ko‘rsatish muhitini tashkil etuvchiga ega bo‘lgan va dasturiy vositalarga bevosita bog‘liq bo‘lmagan loyiha operatsiyalarni oladi.
Fizik loyihalashtirish – faoliyat ko‘rsatish muhitining aniq texnik va dasturiy vositalariga bog‘liqligi, ya’ni, o‘ziga xos chegaralanishlarni hisobga olish.
Amalga oshirish
Tanlangan dasturlar kodining bosqichma – bosqich yozilish (kodlash), ularni testlash va tuzatib olish jarayoni amalga oshirishdir.
Birga qo‘shish
Dasturiy ta’minotning yangi versiyasini yaratish va tadbiq qilish jarayonini birga qo‘shishdir.
Ushbu bosqichda dasturiy mahsulotga zarur o‘zgartirishlar kiritiladi, qolgan holatlardagi kabi, oldingi istalgan bosqichda qabul qilingan loyiha qarorlarini qayta ko‘rib chiqish talab qilinishi mumkin.
Dasturiy ta’minot hayotiy tsiklining modeli o‘zgarishi bilan ushbu bosqichning roli ancha oshdi, chunki mahsulotlar iteratsion tarzda yaratilmoqda: avval nisbatan oddiy versiya ishlab chiqariladi, keyin katta imkoniyatlar, so‘ngra keyingisi va hakozo. Xuddi shu, ISO/IEC12207 standartga muvofiq hayotiy tsiklning ayrim jarayonida birga qo‘shilish bosqichini ajratishga sabab bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |