O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


Matematik formulalar bilan ishlash



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə84/151
tarix25.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137457
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-www.hozir.org

Matematik formulalar bilan ishlash.
Elektron jadvallarda oddiygina jadval tuzish emas, balki yacheykalarga kiritilgan boshlangich qiymatlardan ma’lum formula asosida yangi qiymatlarni xosil qilish muximdir. Jadvalga ixtiyoriy formulani kiritish va xisoblashni bajarish mumkin.
Barcha formulalar (=) belgisi bilan boshlanadi. Formulalar dasturlash tillaridagi kabi bir qatorda yoziladi. Aks xolda u oddiy matn singari tushuniladi. Formulalarni yozishda yacheykalar adresidan foydalanish mumkin. Yacheykalar adresi absolyut ko‘rinishda olingan xolatda formulani ko‘chirish paytida u o‘zgarmaydi.
Formula to‘gridan-to‘gri yacheykaga yoki formula kiritish joyiga yoziladi.

Diagramma va grafiklarni xosil qilish.
Excel yordamida jadvalga kiritilgan sonli ma’lumotlarning diagrammalari va grafiklari xosil qilinadi. Diagrammalar va grafiklarni chizish uchun Excel da juda katta imkoniyatli yordamchi «Диаграммы» bandi majud. Shu yordamchi vositasida turli tuman diagrammalar quriladi. Diagrammani berilganlar joylashgan varaqda, boshqa varaqda xatto boshqa kitobda xosil qilish mumkin.

Microsoft Power Point 2007 dasturida ishlash.
Hozirgi kunda shahsiy kompyuterdan foydalanishda kompyuter grafikasi bilan ishlash juda qiziqarli yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Microsoft Power Point taqdimot (презентация) grafikli dasturlar sarasiga kiradi. Bunday dasturlar o‘zida matnlar, rasmlar , sxemalar, grafiklar va animatsion effektlar, ovoz, videokliplar va hokazolardan iborat bo‘lgan slaydlar hosil qilish imkonini beradi. Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo‘lgan taqdimotni kompyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin. Taqdimot yaratish bu slaydlar ketma-ketligini qurish va bezagini berishdir. .
Power Point bir nechta slaydlarga ega bo‘lgan prezentatsiya faylini ochadi. Bu dastur foydalanuvchiga har xil mavzularda katta miqdorda prezentatsiya qoliplarini taqdim etadi. Bu qoliplar mahsus usulda jihozlangan slaydlarga ega. Slayd maydonchasiga matnni, grafikani, jadval va diagrammalarni joylashtirish mumkin. Undan tashqari biz didimizga mos dizayn tanlab san’atkorona jihozlashgan prezentatsiya qolipini o‘zgartirishimiz mumkin. Bunda prezentatsiya mazmuni saqlab qolinadi,faqat uning tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin