O‘zbekiston respublikasi xalq ta`lim vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi texnologiya fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash



Yüklə 26,2 Kb.
səhifə2/3
tarix15.11.2022
ölçüsü26,2 Kb.
#69191
1   2   3
shaxodat

KO‘CHIRMA
“____”_________ 2021-yil1
Qatnashdilar: Kafedra a’zolari va
Texnologiya fani o‘qituvchilari va qayta
tayyorlash kursi tinglovchilari
Majlis raisi: Utanov U
Kotib (a): Jurayeva Z
KUN TARTIBI:
Texnologiya fani huquqini berish bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kursi tinglovchilari tomonidan bajarilgan bitiruv ishlarining dastlabki himoyasi va ularni himoyaga tavsiya etish haqida.
ESHITILDI: Oliy ma’lumotli mutaxassislarga texnologiya fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilari tomonidan bajarilgan bitiruv ishlari bilan yig‘ilish ishtirokchilarini kafedra mudiri U.Utanov tanishtirdi va quyidagilarni bayon qildi:
Oliy ma’lumotli mutaxassislarga texnologiya fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kursi tinglovchisi O’rinboyeva Shahodat Muhiddin qizining “Ta’limda o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini baholash metodikasi” mavzusida bitiruv ishi yozgan. Bitiruv ishi rahbari o‘qituvchi Xudoyberdiyeva H. Tinglovchi ushbu mavzu bo‘yicha yozgan bitiruv ishini kafedraga taqdim etgan. Ish yuzasidan bitiruv ishi rahbarining ijobiy xulosasi bor.
O’rinboyeva Shahodat bitiruv ishining mazmun-mohiyati haqida gapirib, mavzuning dolzarbligi, o‘rganilish darajasi, ilmiy va amaliy ahamiyati, amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi.
Shundan so‘ng tinglovchiga dotsent O.Eshniyozov, B.Doniyev savollar berishdi. Savollarga tinglovchi tegishli javobni berdi.
O’rinboyeva Shahodat bitiruv ishi YaDAK talablariga javob beradi va uni himoyaga tavsiya etish mumkin.
Ushbu fikr-mulohazalardan so‘ng yig‘ilish
QAROR QILDI:
1.Texnologiya fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kursi tinglovchisi Sodiqova Shaxnoza Tohir qizining “Ta’limda o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini baholash metodikasi ” mavzusidagi bitiruv ishi belgilangan talablarga javob beradi deb hisoblansin va YaDAKga himoya qilish uchun tavsiya etilsin.
2. O’rinboyeva Shahodat Muhiddin qizining ushbu bitiruv ishiga Pastdarg’om tumani 69-maktabning texnologiya fani o‘qituvchisi O.Xudoyqulov taqrizchi etib belgilansin.

Majlis raisi: Utanov U


Kotib(a): Jurayeva Z
Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Texnologiya fani huquqini berish bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kursi” yo‘nalishi bo‘yicha O’rinboyeva Shahodat Muhiddin qizining “Ta’limda o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini baholash metodikasi” mavzusidagi bitiruv ishiga
TAQRIZ
Tinglovchi tomonidan “Ta’limda o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini baholash metodikasi” mavzusida tayyorlangan ushbu bitiruv ishiga ijodiy yondashilib, aniq, mantiqiy to‘g‘ri shakllantirilgan, reja to‘g‘ri tuzilgan, kirish qismi yozilgan va unda mavzuning dolzarbligi, uning ilmiy-pedagogik hamda metodik adabiyotlarda qanchalik hal etilgani, amaliyotdagi ishlar ahvoli, muallif hal qilmoqchi bo‘lgan masalalar ko‘rsatib o‘tilgan, matnda sarlavhalar o‘z joyiga qo‘yilgan, har bir sarlavha tegishli mazmun asosida ochib berilgan hamda ishda bayon qilingan fikrlardan kelib chiqib ilmiy-uslubiy tavsiyalar ko‘rsatilgan. Sh.Sodiqovaning bitiruv ishi yetarlicha yoritilgan va ishida ko‘tarilgan muammolar bir necha usullar bilan hal qilingan, ishning ahamiyati va undan amaliyotda foydalanishning yo‘l yo‘riqlari ko‘rsatilgan, xulosa qismida mavzu bo‘yicha O’rinboyeva Shahodat o‘rgangan adabiyotlar va ish tajribalar tahlili asosidagi xulosa hamda uning kelgusida bajarmoqchi bo‘lgan ishlari loyihasi aks ettirilgan, foydalanilgan adabiyotlar, mualliflari, qaysi manbadan olinganligi to‘g‘ri tanlangan. Bitiruv ishida internat manbalaridan foydalanish holatlari yetarli, lekin ayrim imlo xatolar uchraydi. Bu bitiruv ishining saviyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
O’rinboyeva Shahodat Muhiddin qizining “Ta’limda o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini baholash metodikasi” mavzusidagi bitiruv ishini himoyaga tavsiya etaman.



Yüklə 26,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin