O`zbekiston respublikasi xalq ta`lim vazirligi



Yüklə 241 Kb.
səhifə4/6
tarix01.07.2022
ölçüsü241 Kb.
#62566
1   2   3   4   5   6
1 Amaliy Tarixni o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish fanining

Domino” interfaol metodi
Domino metodi seminar mashg`uloti jarayonida talabalar bilan guruh bo`lib ishlash shaklida juda samarali metod hisoblanadi. Ushbu metod o`zida mavzuning ma`lum bir qismiga doir ma`lumotlarni kompleks qamrab olishi bilan bir qatorda guruh a`zosi bo`lgan har bir talabani faollashtirishga qaratilganligi bilan ham ajralib turadi. Metodning nomlanishi aholining ko`pchilik qismi orasida keng yoyilgan, o`yin ishtirokchilarining har birini izlanishga, o`yin davomidagi hatti-xarakatini aniq bir maqsadga va tizimga yo`naltirishni talab qiladigan xususiyatga ega bo`lgan qiziqarli o`yin bilan bog`liqligi ham bejiz emas.
Metod asosidagi topshiriqni bajarish jarayonida guruh bo`lib ishlayotgan talabalar o`rtasida dastlab guruhlar o`rtasidagi, shuningdek, guruh a`zolari orasidagi sog`lom raqobatni vujudga keltiradi. Qolaversa, talabalarda o`z bilimlariga asoslangan holda tarixiy jarayonlar xususidagi fikrlari, ma`lumotlarini himoya qilishi va asoslash imkonini beradi.
Topshiriqni tayyorlash davomida o`qituvchi uchun mavzu rejasining barcha qirralarini qamrab olish imkoni vujudga keladi. Shuni inobatga olgan holda o`qituvchi tomonidan bir necha yo`nalishlarda, jumladan, yillar va shu yillarda sodir bo`lgan voqealar, sodir bo`lgan voqealarning ketma-ket yoki bosqichli tarzda bo`lganligini aks ettiruvchi, turli tarixiy davrlarning nomlanishi hamda ularning qaysi yillarga to`g`ri kelishi kabi muammolarni o`z ichiga olgan topshiriqlar variantini tayyorlash imkoni vujudga keladi. Bu esa mavzu yuzasidan talabalar bilimini baholashning bir necha yo`nalishlarda amalga oshirilishini ta`minlaydi.
O`qituvchi tomonidan topshiriqlar tayyorlanayotgan vaqtda savollar hamda ularning javoblari aniq va tizimli tarzda bo`lishiga alohida e`tibor qaratilishi lozim.
Quyida mavzu yuzasidan metod asosida tayyorlanishi mumkin bo`lgan topshiriq xususida to`xtalamiz. Dastlab mavzu rejasiga doir madaniyatlar, manzilgohlar, tarixiy voqealar va ular bo`lib o`tgan sanalarni o`zida aks ettirgan maxsus jadval tuziladi:

Mavzu yuzasidan savollar va javoblar



V.P. Bespal`koning fikricha:

«PT-bu o`qituvchi mahoratiga bog`liq bo`lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o`quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir».

V.M. Monaxovning fikricha:

«PT - avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo`lgan tartibli amallar tizimidir».

V.M. Klarin fikricha:

«PT-o`quv jarayoniga texnologik yondashgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad ko`rsatkichlardan kelib chiqib, o`quv jarayonini loyihalashdir».

N.Sayidahmedov va
M. Ochilovlarning fikricha:

«PT-bu o`qituvchi (tarbiyachi)ning o`qitish (tarbiya) vositalari yordamida o`quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta`sir ko`rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir».

I.Ya. Larnerning fikriga ko`ra:

«PT -o`quvchilar xarakatlarida aks etgan o`qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan, aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi»

B.L. Farbermanning fikricha:

«PT-ta`lim jarayoniga yangicha yondashuv bo`lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ongi ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog`liq ijtimoiy xodisadir».

YuNeSKO tomonidan berilgan ta`rif:

«PT – ta`lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qo`llash, ularning o`zaro ta`sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir».



G.K.Selevkoning fikricha:



Pedagogik texnologiya – turli mualliflar (manbalar)ning bar-cha ta`riflari mazmunini o`zida mujassam etuvchi umumlashtirishdan iborat

Sakomotoning fikricha:

Pedagogik texnologiya – bu tizimli fikr yuritish usulini pe-dagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jara-yonni muayyan bir tizimga keltirishdir

V.Yu.Pityukovning fikricha:



Pedagogik texnologiya, bu – so`zsiz rioya qilish eng yuqori na-tijani kafolatlaydigan ko`rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo`-lib, ularning amaliy ahamiyatidan iborat



I.P.Volkovning fikricha:



Pedagogik texnologiya-ta`limning rejalashtiriladigan nati-jalariga erishish jarayoni tafsiloti

V.K.D`yachenkoning fikricha:

Pedagogik texnolgiya bu – ob`ektiv, moddiy jarayon. Agar biz o`quv-tarbiya jarayonidan uning ob`ektiv, moddiy (substantsiyalik) jihatini ajrata olsak, shunda biz texnologiyaga, eng kamida, uning tafsilotiga ega bo`lamiz

Madaniyatlar, manzilgohlar, tarixiy voqealar va ular bo`lib o`tgan sanalar belgilangan jadval tayyor bo`lgach, ular asosida metod bo`yicha topshiriq materiallari tayyorlanadi:



Yüklə 241 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin