O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi



Yüklə 155,5 Kb.
səhifə1/2
tarix10.02.2020
ölçüsü155,5 Kb.
#30418
  1   2
Akramova Z. Ona tili metodikasi Kurs ishi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI

A.Qodiriy nomli

JIZZAX davlat pedagogika instituti

BOSHLANG’ICH TA’LIM” fakulteti

814-16(305) guruh talabasining ONA Tili o`qitish metodikasi fanidan tayyorlagan




Mavzu: Savod o’rgatish davrida sinfdan tashqari o`qishni tashkil etish.
Qabul qildi: Farsaxonova D.

Topshirdi: Akramova Z.

Jizzax-2019



MUNDARIJA

Kirish………………………………………………………………………3

1-§. Savod o`rgatish davrida sinfdan tashqari o`qish darslari mazmuni….6

2-§. Sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish metodikasi………..11

3-§. Savod o`rgatish davri sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilar savodxonligini oshirishda qo`llaniladigan didaktik o`yinlardan foydalanish.…20

Xulosa……………………………………………………………………..28

Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................30

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”1.

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomil­lashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qola­veradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezi­dentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texno­logi­yalari, kitob o‘qishga qiziqi­shini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan video­selektor yig‘ilishida yosh­larni rivojlantirishga qara­tilgan ma­sa­lalar muho­kama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi.

5 ta tashabbusning to‘rtinchisi  aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha bo’lib bundan ko'zlangan asosiy maqsad – yoshlarni shaxs sifatida shakllantirish, ongini o'stirish, dunyoqarashini boyitishdir. Zero, yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish, ularda e'tiqod, Vatan tuyg'usini kamol toptirish tarbiyaning ustuvor yo'nalishlaridandir.

Haqiqatdan ham, xalqimiz tomonidan yaratilgan boy ilm-ma'rifatni, muayyan fan asoslarini, nazariyalarni o'zlashtirib unga o'z faoliyatiga amal qila oladigan avlodni tarbiyalab yetishtirish komillik, barkamollik sari intilishdir. Barkamol inson ilmiy bilimlar hamda mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o'zlashtirishi lozim. Ularni o'zlashtirishda zamonaviy texnika va ilg'or pedagogik texnalogiyalardan foydalanish, bilimlarni o'zlashtirish ta'lim tizimining poydevori bo'lgan boshlang'ich ta'limdan boshlanadi.

Ta'lim berishda ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida zamonaviy usullar bilan o'quvchining intelektual imkoniyatlarini ochish, ularni qiziqtirish boshlang'ich sinf o'qituvchisining tanlagan dars usuliga bog'liq. Ana shu nuqtai nazaridan biz tanlagan kurs ishi mohiyati jihatidan dolzarbdir.

KURS ISHINING M A Q S A D I:

Sinfdan tashqari o’qish darslarini samarali tashkil etish usullarini ishlab chiqish.

KURS ISHINING VAZIFALAR I :

1. Mavzuga oid ilmiy – metodik manbalar, Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi talablari asosida boshlang'ich sinflar o'quv faoliyatini dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy jihatdan asoslash.

2. Savod o'rgatish davri sinfdan tashqari o'qish darslari ustida ishlashning eng qulay ta'limiy – didaktik usullarni tadqiq etish.

3. Savod o‘rgatish davri sinfdan tashqari o'qish darslarida kitob tanlab oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan, ongli kitobxonni tarbiyalash.

KURS ISHINING METODI:

Savod o‘rgatish davri o‘qish darslarida doirasidagi ishlarni, meyoriy hujjatlarni, DTS va o‘quv dasturlari mazmunini va talablarini hamda olib borilgan tadqiqot ishlarini o‘rganish, tahlil qilish quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:


  • Tadqiqot mavzusiga pedagogik, psixologik, metodik hamda ta’limga oid pedagogik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish;

  • Nazariy-amaliy tahlil;

  • Pedagogik kuzatish;

KURS ISHINING OB ’EKTI:

Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida sinfdan tashqari o‘qish darslarini takomillashtirish jarayoni.

KURS ISHINING PREDMETI :

Savod o‘rgatish davri sinfdan tashqari o'qish darslarining shakl, metod va mazmuni.

KURS ISHINING AMALIY AHAMIYATI:

Kurs ishi davomida keltirilgan metodik maslahat, xulosalardan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishda ochiq darslar va metodik maqolalar yozishda foydalansa bo‘ladi.

KURS ISHINING T U Z I L I SH I :

Kurs ishi kirish, 3 paragrif, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.



1-§. Savod o`rgatish davrida sinfdan tashqari o`qish darslari mazmuni.

Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma’lum bir mavzuga oid kitoblami tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish (S T O‘) tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni orttiradi.



STO’ning maqsadi – o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlab oladigan muntazam kitob o`qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan, ongli kitobxonni tarbiyalash. Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan.

STO’ 1-2 sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi.

Birinchi sinf o`quvchilari o`quv yili davomida Vatanimiz haqidagi, kishilarining fidokorona mehnati ,bolalarning baxli hayoti, shuningdek,o`simlik va hayvonlar haqidagi she’r, ertak, hikoya va topishmoqlar , turli sarguzasht va afsonaviy asarlar bilan tanishtirib boriladi.Bunga erishish uchun o`quv rejasida ona tili uchun berilgan 8 soatning 4 soati o`qish ,4 soati yozuv bo`lib, to`rtinchi o`qish darsining 15-20 minutida sinfdan tashqari o`qish mashg`uloti o`tkaziladi.

STO’ darslarining muhim vazifalari:

STO’ ning yillik taqvim rejasini tuzish. Bunda N.N.Svetlovskaya ishlab chiqqan STO’ bosqichlariga rioya qilish, STO’ga rahbarlikning yordamchi shakllariga:

1. Kitobni targ’ib qilish. STO’ ga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladi, ko’rgazmalar tashkil qilinadi. O’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.

2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O’quvchi o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qigan kitoblar hisobga olinadi. Shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota—onalari bilan suhbatlashiladi.

3. STO’ yuzasidan ommaviy ishlar: adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar ular uchun maxsus tayyorlaniladi.

4. Kutubxonaga yozilish. 1-sinf o’quvchilari o’qituvchining ruxsati bilan, tavsiyasi bilan kutubxonaga a'zo bo`ladi.

5. «O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga olishda ularning kitobxonlik kundaligidan foydalanish.

1~sinf o`quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini yozadi. 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo’shib yozadilar. 3-sinfda o’qigan kitobiga taqriz yozadi, o’z mulohazalarini yozadi.

STO’ darslari o’quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o’qish malakalarini shakllantiradi. Mustaqil o’qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo’linadi:

1.Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Unga darsning bir qismi—17-20 daqiqasi ajratilgani uchun STO’ ma’lumoti deb yuritiladi. Uning o’ziga xos xususiyatlari shundaki, o’qituvchi asarni o’zi tanlaydi, asarning kichik hajmda bo`lishiga va boshqa kitob tanlash tamoyillariga e'tibor beradi. Asarni o’zi o`qilb beradi. O’quvchilar asarni ehitishga, eshitganlarini idrok etishga, ularga soddagina baho berishga, asar mazmuni bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga o’rgatiladi, asar mazmunini hikoyalab berishga o’rgatiladi. O’qish gigiyenasi, kitobga qanday munosabatda bo`lish bilan tanishadilar.

2.Boshlang`ich bosqich. 1-sinfning 2—yarim yilligiga to’g’ri keladi. 1-va 2-bosqichdagi STO’ daftarda 1 marta o’tkaziladi. «Boshlang’ich bosqich”da 45 daqiqalik dars ajratiladi. Tanlangan mavzu yaxshi o’qiydigan o`quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so’ng o’qitiladi. Asarning oson o’qiladigan o’rinlarini bo’sh o’qiydigan o’quvchilarga o’qitish mumkin. Bu ularda o`qishga qiziqish uyg’otadi. Asar o’qilgach o’quvchilar asar nomi, muallifi bilan tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar, kitobxonlik daftarlariga u haqida qisqa va soddagina qilib muallif, asar nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi.

3. Asosiy bosqich. 2-4 sinfga to’g’ri keladi. Bu davrda o’quvchilar uydagi o’qish malakalarni mustahkamlanadi. Bu bosqichda o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qiganlariga baho qo’yiladi. Baho qo’yishda dastur talablariga asoslaniladi: Sinfning umumiy ishlariga qatnashishi, o‘qigan kitoblarining sifat o’zlashtirishi me’yoriga, o’qigan kitobiga munosabat bildira olishiga e'tibor beriladi. Bunda o’quvchilar muayyan mavzuga doir bir necha asarlarni o’qib keladilar, ularning ayrim o’rinlarini ifodali o’qib beradilar, o’qigan asarlarini o`zaro taqqoslaydilar.

STO’ darslarini xususiyatlari. STO’ bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari, o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni o’qituvchi o`qib bersa, o’qilganlari yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash o’tkazilsa, boshlang’ich bosqichda butun sinf o`quvchilari bir xil kitob bilan ta'minlanadi, barcha o`quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko’rgazmasi tahlil qilinadi. Asar ichda o`qishga topshirilishi ham mumkin, albomlar tayyorlanadi, kinofilmlar, diafilmlardan parchalar ko`rsatiladi, musiqiy daqiqalar o`tkaziladi, asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdiriladi. Kitobni saqlash maqsadida kitobni yamash, o`rash o`rgatiladi, "Ertaklar bayramlari", "Ifodali o`qish” tanlovi o`tkaziladi.

Asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, o`quvchilar o`qiganlarini taqqoslashga umumlashtirishga, xulosalashga o`rgatiladi. Qahramonlarni elementar tavsiflaydi.

Rollarga bo`lib o`qishdan foydalaniladi. Asosiy bosqichda STO` darslari 2-sinfda haftada 1 marta, 3-4 sinflarda 2 haftada 1 marta o`tkaziladi. O`quvchilar mustaqil o`qishga o`rgatiladi, ular "Bilimdon", "Gulxan" jurnallari bilan, "Tong yulduzi" gazetasi bilan tanishtiriladi, ya'ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o`zbek, qardosh, chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi, turli mavzudagi asarlaridan foydalaniladi, sahnalashtirish ishlaridan foydalaniladi. Bir darsga o`quvchilar bir nechta asarlar o`qib kelib, ular haqida o`z fikrlarini aytib beradilar. Qahramonlarni tasvirlab rasm chizadilar. Yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyushtiriladi. Shu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yurita oladigan kitobxon shaxsi shakllantiriladi.



STO’ uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:

1. O’zbek va chet el bolalar adabiyoti yozuvchilari asarlarini

2. Kitob tanlashda o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashga xizmat qilishni ko’zda tutish.

3. Asar janri va mavzusining hilma—xilligiga e'tibor berish.

4. O’quvchilarning yoshi va saviyasiga muvofiqligini hisobga olish.

5. O’quvchilarning shaxsiy qiziqishini mustaqil o’qishda hisobga olish.



Mavsumiy tamoyilga amal qilish.

Sinfda o’qishhayotga tayyorlash, STO’ hayotning o’zidir.

STO’ga rahbarlikning asosiy shakli maxsus STO’ darslaridir, u erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassurot, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodi rivojlanadi, faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar rivojlanadi.



STO’ darslariga qo’yiladigan talablar:

- har bir darsni kirish suhbati bilan boshlash;

- har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar asarlarni hisobga olish;

- har bir darsda o’qish uchun yangi asarlar tavsiya qilish;

- har bir darsda o’qilgan asar yuzasidan suhbat metodida tahlil ishlarini amalga oshirish;

- o’qilgan asarlar yuzasidan ko’rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish, asar muallifi haqida ma'lumotlar to’plash, albomlar


tayyorlash, kitobxonlik kundaligini yuritish;

- har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbat uyushtirish.

- asar o’qish asar tanlashda o’quvchida mustaqillikni tarbiyalash, buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish;

- qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to’plangan ma'lumotlarni o’qitishga


"Tez aytish", "Topishmoqlar topish", "Ifodali o’qish",
"Maqollar aytish musobaqasi", "Ertak to’qish", "Bilimdonlar anjumani", konkurslar tashkil qilish, muayyan mavzular bo’yicha savol - javoblar uyushtirish, o’yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur.

2-§. Sinfdan tashqari o'qish darslarini tashkil etish metodikasi.

STO` mashg`uloti quyidagi tartibda olib boriladi.

1. O`quvchilarga o`qib beriladigan asarni diqqat bilan tinglash va eng muhim o`rinlarini eslab qolish kerakligini aytish.

2. Tanlangan asarni o`qituvchining ifodali (ayrim o`rinlarini takrorlab) o`qib berishi.

3. O`quvchilarning tinglagan asarlari yuzasidan birgalikda mulohaza yuritishlari, ayrim voqea va hodisalarni eslashlari.

4. O`quvchilarning kitobni ko`rib, undan o`qituvchi o`qib bergan asarni topishlari.

5.O`quvchilarga darsdan keyin sinf kutubxonasi yoki uylardagi kitoblar bilan ishlashga doir tafsiyalar berish.

O`quv yili davomidagi sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlarining hammasi shu tartibda olib boriladi. Darsning boshlanish qismida esa hafta davomida o`tilgan darslarning o`quvchilar tomonidan bo`sh o`zlashtirilgan o`rinlarini mustahkamlashga e’tibor beriladi.

Sinfdan tashqari o`qishning birinchi soatida o`quvchilarga shunday darslarning bir yilgi maqsad va vazifalari aytiladi.

Birinchi sinfdagi sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlarning mazmuni va metodikasi boshqa sinflardagi sinfdan tashqari o`qishdan farq qiladi. Bunda quyidagilarga etibor beriladi:



  1. O`quvchilar har bir darsda faqat birgina kichik hajmli kitob bilan tanishtiriladi. O`quvchilar o`qituvchining kitobiga ishlangan rasmlarni ko`rsatishi va asarni o`qib berishi asosida shu kitob haqida mulohaza yuritiladi. Shunga ko`ra , olti yoshlarga ko`rsatiladigan va o`qib beriladigan kitoblar rangdor bezakli , undagi rasmlar asar mazmuniga moslab ishlangan bo`lishi kerak.

2. Mashg`ulotda o`qib beriladigan kitob oldindan tanlab qo`yilishi lozim. Kitob ustida ishlab bo`lingach u sinf kutubxonasiga qo`yiladi. O`quvchilarga bo`sh vaqtlarida uni varaqlab kuzatishlari aytiladi.

3. Qiziqarli ertak, masal va she’riy asarlar o`quvchilarda o`qishga qiziqish uyg`otadi.

4. Sinfdan tashqari o`qish jarayonida nutq o`stirish ishlariga alohida e’tibor beriladi. O`quvchilardan savollarga to`g`ri, tushinib va so`zlarni o`rinli ishlatib javob qaytarishlari talab qilinadi.

5. Bolalarda kitob bilan tanishtirishda quyidagilarga rioya qilish maqsadga muofiqdir:

- Tanlangan asarni normal tezlikda - oddiy gaplashuv tezligida o`qish. Asarning ayrim o`rinlarini yoddan aytish. O`qish jarayonida u yoq- bu yoqqa yurmay , bir joyda turish.

- O`qituvchi kitobni o`qiyotganida uning muqovasi va ichiga ishlangan rasmlarni ko`rsatmasligi kerak. CHunki o`quvchilar diqqati bo`linadi.

- Kitob va undagi rasmlarni o`quvchilarning aniq mukammal, sinchiklab ko`rishga sharoit yaratish, o`qiy oladigan ayrim o`quvchilarga ba’zi gap, so`z va bug`inlarni o`qitish ham maqsadga muofiqdir.Tanishtirilayotgan kitob yoki o`qilayotgan asar yuzasidan berilgan savolga javob qaytarayotgan o`quvchi doska oldiga chiqib o`z fikrlarini asoslash uchun kitob yoki undagi rasmlarni ko`rsatishi mumkin.

Mashg`ulot davomida kitobni ko`rsatish va tanishtirish quyidagicha tashkil etiladi:



  1. kitob muqovasining birinchi va oxirgi betlaridagi bezaklar bilan tanishish;

  2. kitob muqovasidagi birinchi va oxirgi betlaridagi yozuvlarni o`qish;

  1. muqovadagi yozuv va uning bezaklarini mazmuniga ko`ra taqqoslash;

  1. kitobni har bir betidagi rasmlar va sarlovhalarni birma- bir ko`zdan kechirish;

  1. asarga ishlangan rasmlarni sinchiklab kuzatish;

Sinfdan tashqari o`qish samaradorligini oshirishda tanlanadigan kitob va asarlar g`oyasiga e’tibor berish, o`qish texnikasi hamda qayta hikoyalash jarayonida o`qituvchining shaxsiy namunasi muhim o`rin tutadi. Shuning uchun o`qituvchi tayyorgarlik paytida o`qib beriladigan asarni bir necha marta takror o`qib chiqishi , ayrim o`rinlarini yod olishi va mashg`ulotning aniq planini ishlab chiqishi zarur.

Sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotining boshlanish qismida o`quvchilar diqqatini to`plash maqsadida shunday murojaat qilinadi:

- Bolalar , bugun ajoyib bir kitobcha olib keldim. Bunda (o`qituvchi kitobni ko`rsatadi ) juda qiziq ertaklar bor. Mana shu ertaklardan o`qib beraman. Mazmunini yaxshilab tushunish uchun e’tibor berib eshitib o`tirasiz. Eshiting…

O`qituvchi ertakni shoshilmay , muhim o`rinlarini takrorlab va ovozini ertak qahramonlari xarakteriga moslab o`qiydi. Ertak o`qiganidan keyin uning mazmunini ochish va o`quvchilar tushunchasini kengaytirish maqsadida savol - javob o`tkaziladi.

Ertak mazmuni yuzasidan quyidagicha soda savollar berish mumkin:

- Ertak sizga yoqdimi? Bu ertak nima haqida ekan? Shu ertakni kim eshitgan edi? Qayerda va kimdan eshitgan edi? Ertak qanday so`zlar bilan boshlangan? Bu ertakni boshqacharoq qilib qanday nomlash mumkin?...

Dastlabki paytlarda o`quvchilar javob qaytarishda qiynaladilar. Ular qisqa yoki bir so`z bilan javob qaytarishlari mumkin. Bunday holatda o`qituvchining o`zi yordam berishi lozim.

Savol-javoblardan keyin kitob birgalikda ko`rib chiqiladi. Kitob bilan dastlabki tanishtirishda uni o`qituvchi hamma o`quvchilarga ko`rinadigan qilib, ko`krak balandligida ushlaydi. Dastlab o`quvchilarning diqqati kitobning muqovasiga jalb qilinadi. Muqovadagi rasmlar va undagi yozuv (kitob nomi va avtori) ko`rsatilib , qisqacha tushuncha beriladi. Agar o`quvchilar shu avtorning biror kitobi bilan oldindan tanish bo`lsalar , uni eslaydilar. Muqovadagi rasmda nimalar tasvirlangan bo`lsa , u haqidagi tasavvur-tushunchalarini aytadilar, kitob nomini o`qishga harakat qiladilar. (Bu vaqtda hamma harflar o`rganilmagan, lekin maktabgacha tayyorgarligi yaxshi bo`lgan ayrim o`quvchilar uni o`qishlari ham mumkin .

O`qituvchi kitobni asta –sekin varaqlab , har bir betdagi rasmlarga alohida to`xtab izoh beradi. Ko`rilayotgan rasm qaysi ertak yoki hikoyaga mos ekanligi yuzasidan o`quvchilar fikri eshitilib , to`ldiriladi. O`quvchilar shu rasmlar asosida ertak mazmunini tasavvur qila boshlaydilar. Katta – katta harflar bilan yozilgan sarlovhalar o`quvchilarga o`qitilishi ham mumkin. Kuzatilayotgan rasmlar asosida shu kitobda nechta va qanday ertaklar borligi yuzasidan ham fikr yuritiladi. Albatta, kitob bilan tanishtirish ishlari birdaniga ko`zlangan natijani bermasligi mumkin. Lekin o`quvchilar asta – sekin bu ishga o`rganib va ko`nikib boradilar. Eshitgan ertak va hikoyalarini uyda aka-ukalariga, buvilariga gapirib berish topshirig`i berilib, dars yakunlanadi.

Boshlang'ich maktablarda tashkil etiladigan darsdan va sinfdan tashkari mashg’ulotlarga e'tiborni kuchaytirish bilan ham ta'lim va tarbiya jarayonining uzluksizligiga salmoqli hissa qo'shib boriladi. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifasi faqat bolalarni band qilish emas, balki ancha murakkab, ya'ni ularning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan qiziqishini uyg'otish, qolaversa, ularning hayotini zavq va shavqqa to'ldirishdir. Huddi dars jarayonida bo'lgani kabi tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda sinf rahbarining vazifasi mas'uliyatli va ahamiyatlidir. Bu mas'uliyat ulardan doimiy ravishta o'z ustida ishlashni, ijodiy mehnatni talab qiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining faoliyatlarini tashkil qilishga yo'naltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning asosiy hususiyati, o'quvchi kundalik hayotining namoyon bo'lishidir. O'quvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda bevosita ishtirok etadi, turli mazmundagi suhbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kechalarni tashkil qilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa bular orqali ma'naviy dunyosi boyib boradi. Ayniqsa, ular bugungi kunda o'quvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini o'stirish maqsadida tashkil qilinadi. Har qanday sinfdan tashqari mashg'ulot oldiga turli tarbiyaviy vazifalarni qo'yadi. Ularning har biri o'zga xos belgilarni, bir-biridan farq qiluvchi shakllarni, vositalarni, ijodiy, mehnatni talab qiladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'qituvchilarning yillik ish rejalarida aniq ko'rsatilgan, maqsad va vazifalari belgilangan bo'lishi lozim. Boshlang'ich sinflarda tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar o'quvchilar hayoti bilan ya'ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qo'ygan kunlari bilan boshlanadi. Mustaqillik bayrami, 1-sentyabr, Kuz bayrami, Konstitusiya kuni, Alifbo bayramlari, Yangi yil, Harbiylar kuni, Mashhur allomalarning tug'ilgan kunlari, 8-mart, Navro'z bayrami, gullar bayrami kabilar.

Mana shunday tadbirlar bevosita o'quvchilarda Vatanga e'tiqodni tarbiyalash ishlari bilan bog'liq holda olib boriladi. Bu tadbirlarga material tanlashda eng qimmatli manba bo'lib milliy qadriyatlar namunalari hisoblanadi.

O'qituvchi tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda kuyidagi pedagogik talablarga amal qilish lozim:

- tarbiyaviy tadbir o’quvchining yoshi, ruhxiy holatiga mos bo'lishi lozim;

- har bir tarbiyaviy tadbir darsda olgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilishi kerak;

- tarbiyaviy tadbir aniq maqsad va reja asosida uyushtirilishi kerak;

- tadbir orqali boshlangich sinf o’quvchilarida jamoatchilik, uyushqoqlik, o’zaro yordam kabi ahloqiy sifatlar tarbiyalanib borishi darkor.

Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari tadbirlar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1. Tadbirni rejalashtirish;

2. Tadbir yuzasidan o'quvchilarga tushuncha berish;

3. Tadbirni tashkil qilish jarayonida sinf o'quvchilarining barchalarini ishtirok etishini ta'minlash;

4. O'quvchilarning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda ishqlarni taqsimlash;

5. Tadbirni amalga oshirish;

6. Tadbir natijalarini tahlil qilish va baholash.

Bosqichlarning har biri o'qituvchi tomonidan oldindan chuqur o'rgaqnilgan bo'lishi lozim.



Yüklə 155,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin