O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI SIRDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI DIREKTORINING BUYRUG‘I
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligining 2020-yil 13-martdagi “Xalq ta'limi tizimi muassasalarida 2020-yil 14-15-mart kunlari ”Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish xayriya hasharini o'tkazish to'g'risida”gi 77-sonli buyrug‘i ijrosini taminlash to‘g‘risida BUYURAMAN: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 136-F-sonli Farmoyishining 7-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida buyuraman:
Joriy yilning 14-15-mart kunlari respublikamiz miqyosida ta'lim muassasalarida ”Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish xayriya hasharida munosib tarzda, yuqori saviyada tashkil etish va ishtirok etish ta’minlansin.
Hashar munosabati bilan hududiy markazda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag’lari tegishliligi bo'yicha O'zbekiston ”Mahalla” xayriya jamoat fondining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda o'tkazish tavsiya etilsin.
Hududiy markaz kasaba qo’mitasi raisi (R.Suvonov)ga:
- hashar munosabati bilan hududiy markazda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag’lari tegishliligi bo'yicha O'zbekiston ”Mahalla” xayriya jamoat fondining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda o'tkazish bo’yicha yig’lish otkazish;
-har bir xodimga xayriya jamoat fondining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda o'tkazish bo’yicha tavsiyalar berish;
-mazkur masala yuzasidan qabul qiilingan qarorni kasaba qo’mitasi qarori bilan rasmiylashtirish vazifalari yuklatilsin.
Bosh hisobchi (M.Karimov)ga:
-Hashar munosabati bilan hududiy markazda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag’lari tegishliligi bo'yicha O'zbekiston ”Mahalla” xayriya jamoat fondining bankdagi hisob raqamlariga o'tkazilishini ta’minlash vazifasi yuklatilsin.
6. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilishni O’quv va ilmiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari B Usmonov zimmasiga yuklatilsin.