O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti umumiy psixologiya kafedrasi umumiy psiхоlоgiya



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə46/69
tarix02.01.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#47783
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   69
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

9.1. Xotira haqida umumiy tushuncha.

9.2. Xotira jarayonlari.

9.3. Xotira turlari.

9.4. Xotiradagi individual farqlar.

Tayanch so’z va iboralar.

Xotira, tasavvur, amneziya, remensatsiya. operativ, xis tuyg’u, emotsional, mantiqiy, yeydetik. logik, fenomenal, mexaniq.



9.1. Savol bayoni. Xotira haqida umumiy tushuncha.

Xozirgi davrda qo’llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda ta’rif berilib kelinmoqda: «Individning o’z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin bu ta’rifda xotiraga taalluqli bo’lgan juda ko’p sifatlar, xossalar va xususiyatlar o’z aksini topmagan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan deyishga hech qanday haqhuquqimiz yo’q. Ushbu qiyin holatdan chiqishning birdanbir yo’li, bizningcha unga mana bunday tarzda ta’rif berishdan iborat: «Xotira atrofmuhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexaniq yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda sakdash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mpsmik (yunoncha tpeta — xotira) faoliyatdir».

Xotirani o’rganish soxasidagi eksperimental tadkikotlarni dastavval assotsiativ psixologiya namoyondalaridan G.Ebingaus boshlab bergan. Keyinchalik xotira problemasi kup tadkikotchilarning dikkatini uziga jalb etgan. Akademik Pavlovning oliy nerv faoliyati xakidagi ta’limotiga kura, bosh miya pustidagi nerv xujayralari nixoyat darajada plastiklik xususiyatiga egadir. Bu xujayralar nozik sezgirlik va uzgaruvchanlik bosh miya pustida shartli reflekslarning, ya’ni assotsiyatsiyalarning yuzaga kelish imkonini beradi. Xotiraning fiziologik asosida bosh miya pustida turli murakkablikdagi shartli reflekslarning xosil bulishi, miyada uzoq muddat saklanib turishi tormozlanib vaqtincha sunib qolishi keyinchalik yana qaytadan tiklanishidan iborat bo’lgan murakkab jarayonlar yotadi.

Assotsiatsiya – bu biz idrok qilgan, ya’ni ongimizda aks ettirgan va xotiramizda mustaxkamlanib kolgan turlicha narsalar xamda xodisalar urtasidagi bog’lanishdir. Shartli reflekslar esa assotsiatsiyalarni moddiy, ya’ni nerv-fiziologik asosini tashkil etadilar. Bosh miya pustlogi muvakkat nerv bog’lanishlarining yuzaga kelishi, mustaxkamlanishi va keyinchalik turli qo’zg’ovchilar ta’sirida qaytadan jonlanishi xotira jarayonlari – esga olish, esda saklash va esga tushirishning fiziologik asosini tashkil qiladi. Bosh miya pustlogida yuzaga kelgan muvakkat nerv bog’lanishlar, ya’ni assotsiatsiyalar deb atalmish bu bog’lanishlar real voqelikdagi narsa va xodisalarning fazo xamda vaqt jixatidan o’zaro yondoshlik alokalarini, ular urtasiga uxshashlik va tafovut munosabatlarini va, nixoyat, sabab-natija bog’lanishlarini aks ettiradi. Bilish ob’yektlari yonma-yon to’rgan yoki ketma-ket kelgan xollarda fazo yoki vaqt jixatidan yondoshlik assotsiatsiyasi ro’y beradi va shu sababdan bunday ob’yektlar baravar esga olinadi xamda baravar esga tushiriladi.

Uxshashlik assotsiatsiyasining moxiyati shundan iboratki, narsa va xodisalarning obrazli va ular xaqidagi fikrlar xudi shularga uxshash obrazlarni xamda fikrlarni esimizga keltiradi. Qarama-qarshilik asotsiatsiyasi biz idrok etayotgan, tasavvur qilayotgan, fikr yuritayotgan xodisalarga qarma-qarshi xodisalarning qarama-qarshi xodisalarning esimizga tushishini ta’min qiladi. Chunonchi, biz uzimizga kerakli familyani boshqa shunga qarma-qarshi ma’nodagi so’zlardan tashkil topgan familya yordamida esga tushirishimiz mumkin (Chernov – belov) yoki chul kurinishi tog manzarasini xotirada tiklashi mumkin. Esga olish va esga tushirish jarayonlarida sabab natija bog’lanishlarining roli ayniksa muximdir. Bu bog’lanishlar narsa va xodisalar urtasidagi eng muxim alokalarni aks ettiradi.

Xotiraning asosida ilgari idrok qilingan narsa va xodisalarning obrazlari yotadi. Ayni chogda idrok kilinmasa xam ammo ilgari idrok etilgan narsa va xodisalarning miyada aks ettuvchi obrazlari xotira tasavvurlari deb ataladi. Tassavvurlar ko’rish eshitish harakat xid tuyush va xokozo tasavvurlari bulishi mumkin. Ko’rish tasavvurlarida odam uzi ilgari idrok qilgan narsalarni guyo fikran kurayotgandek eshitish tasavvurlarida esa kuylarni kogozlarni fikran eshitgandek bo’ladi. Odatda turli tasavvurlar bir biri bilan kushilib keladi. Biron kishininig tashqi kiyofasini kuz oldimizga keltirigan tasavvur qilgan paytimizda uning ovozini ham fikran eshitib turgandek bo’lamiz.




Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin