O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti umumiy psixologiya kafedrasi umumiy psiхоlоgiya


Savol bayoni. Hayvonlar xatti-harakatlarining formalari



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə15/69
tarix02.01.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#47783
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

2.2. Savol bayoni. Hayvonlar xatti-harakatlarining formalari.

Taraqqiyot davomida psixikaning ejng sodda ko’rinishidan inson ongigacha bo’lgan taraqqiyot bir qancha bosqichlardan iborat bo’lgan. Tirik organizmlarda uzluksiz o’zgarib turuvchi hayot sharoitiga muvofiqlashuvini taxminlaydigan harakat formmalari, harakatning instinktitv shakli, harakatning individual shakli va harakatning intellektual shakli maydonga keldi.

Harakatning instinktiv shakli deganda biz hayvonlarda tug’ma yo’l bilan tayyor holda beriladigan va ularning tashqi olamga muvofiqlashuvini ta’minlaydigan harakatlar shaklini tushunamiz. Bu tushunchani mashhur rus fiziologik akademik I.P.Pavlov tomonidan tushuntirib berilgan. Hayvonlarning instinktiv harakat shakllari nihoyatda mustahkamlangan, nisbatan juda sekin o’zgaradigan harakatlardir.

Harakatning individual shakllari xuddi harakatningn instinktiv shakllari kabi hayvonlarning doimo o’zgarib turuvchi tashqi muhitga muvofiqlashuvini ta’minlovchi mehanizmlardandir.

Emotsional taraqqiyotning yuksak bosqichidagi ayrim hayvonlarda harakatning intellektual shakli paydo bo’ladi. Bu yuksak taraqqiyotga erishgan maymunlar, delfinlar va itlardagi odam ongiga o’xshash farosat bilan bog’liq bo’lgan hatti-harakat shakllaridir.

Instinktlar hayvonlarning o’z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug’ma harakatlaridir.

Ovqatlanish instinkti. Bu instinkt hayvonning o’zi uchun zarur ovqat qidirib topish, ovqat g’amlash va shu kabi harakatlarida zohir bo’ladi.

Saqlanish instinkti. Bu instinkt hayvonlarning dushmandan saqlanish tug’ma usullarida va dushmanga hujum qilish qobiliyatida zuhur etadi.

Nasl qoldirish instinkti. Bu instinkt jumladan, ota-onalik instinkti sifatida yaqqolroq ko’rinadi. Hayvonlar o’z bolalarini parvarish qilish tug’ma mahoratiga ega bo’lib, u naslining kelajagi haqida g’amxo’rlik qiladi.

Poda (to’da) bo’lib yurish instinkti. Bu instinkt hayvonlarning turli usullar bilan o’zaro aloqa qilishida va xilma-xil shaklda birgalashib yashashida zohir bo’ladi.

Instinktlar mash qilish yoki o’rganish yo’li bilan hosil bo’lmaydi – ular ota-onadan naslga biologik irsiyat sifatida o’tadi. Instinktlarning nerv-fiziologik asosi – shartsiz reflekslardjir. I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra, instinktlar shartsiz reflekslarning o’zi-yu, lekin ancha murakkab turidir. I.P.Pavlov bunday deydi: “Hozirgi vaqtda instinktlarning ham reflekslardan iborat ekanligi, faqat biroz murakkabroq reflekslar ekanligi yetarli aniqlangan deb hisoblash mumkin”.

Instinktlar - bir qancha shartsiz reflekslardan iborat bo’lgan reflekslar zanjirdir. Bu reflekslardan har birining harakatga kelan payti navbatdagi refleks uchun qo’zg’ovchi bo’ladi.

Ko’nikma – hayvonlarning individual hayoti davomida paydo qiladigan harakatlaridir. Ko’nikma hosil qilish hayvonda shartli reflekslarning birinchi yoki butun bir sistemasini hosil qilish demakdir. Hayvonlar ko’nikmalar hosil qilish tufayli, tashqi muhitning o’zgaruvchi sharoitiga chaqqonroq va yaxshiroq moslashadigan bo’lib qoladi.

Hayvonlar psixikasining paydo bo’lishi va o’sib taraqqiy qilinishi yuksak darajada taraqqiy etgan psixikaning, ya’ni faqat insonga xos bo’lgan ongning ilk tarixi arafasi desa bo’ladi.




Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin