O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul’teti



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/22
tarix22.03.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#54036
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
sibling maqomining psixologik xususiyatlari

UMIMIY XULOSA VA TAKLIFLAR 

     Bitiruv  malakaviy  ishga  doir  materiallarni  chuqur  o’rganish  natijasida 

quyidagi  xulosalarga  keldik.  Sibling  siyosatidagi  muhim  tomonlaridan  biri,  

ijtimoiy tarbiyaning dastlabki o’chog’i oila bo’lib, aynan ota va ona  aka uka, opa 

singil  munosobotlaridagi  dastlabki  ijtimoiy  ko’nikmalarni  singdiruvchi,  ularning 

irodasini  charhlovchi  insonlardir.  Oilaviy  munosabatlar  bolani  naqaqat  shaxs 

sifatida o’zligini anglash, balki o’zini u yoeki bu jins vakili sifatida idrok etish va 

shaxsiy fazilatlarini takomillashtirishga ham yordam beradi.  

 Birinchidan,  bizning  kuzatishlarimiz  shuni  isbotladiki,  oilaning  to’liq 

bo’lishi, ya’ni, unda ham ota, ham onaning tinchlik-totuvlikda yashashlari va unda 

normal  insoniy  munosabatlar,  sog’lom  ma’naviy  muhitning  mavjudligi  bolaning 

har  tomonlama  yaxshi  rivojlanishi,  sog’lom,  aqlli,  kuchli  iroda  sohibi  bo’lib 

etishiga imkon beradi. Bolaga ham  otaning ham  onaning bo’lishining zarurati shu 

bilan  izohlanadiki,  masalan,  qiz  bola  onasi  va  uning  oilada  o’zini  tutishiga  qarab, 

o’zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini anglashdan tashqari, kelajakda qanday ona 

bo’lishini  tasavvur  qilsa,  otasiga,  uning  onasiga  bo’lgan  munosabatiga  qarab, 

o’zini  kelajakda  oila  qurganda  qanday  oila  sohibasi  bo’lishi  lozimligini  anglab 

boradi.  

Ikkinchidan,  aka  uka,  opa  singil  fazilatlari,  oiladagi  tutimi  va  otasiga 

munosabatini  idrok  qilib  borar  ekan,  kelajakda  qanday  qiz  bilan  turmush  qurish 

mumkinligi,  tanlaydigan  qizi  qanday  sifatlar  sohibasi  bo’lishi  lozimligini  bilib 

borsa,  otasi  va  uning  oilada  mavqeiga  qarab,  o’zini  erkak  sifatida  kelajakda 

tasavvur  qilish  bilan  birgalikda  turmush  o’rtog’iga  qanday  munosabatda  bo’lish 

lozimligi  to’g’risida  bilim  va  tasavvurlarini  orttirib  boradi.  Bu  psixologik 

qonuniyat  bo’lib,  shaxsning  oiladagi  shaxsiy  va  jinsiy  sosializasiyasining  etakchi 

tamoyili  hisoblanadi.  Shu  bois  ham  bolaning  tom  ma’noda  yaxshi  tarbiya  olib, 

jamiyatda  va  oilaviy  munosabatlarda  munosib  mavqega  ega  bo’lishi  uchun  oila 

muhiti  sog’lom,  barqaror,  er  va  xotin  bir-birlariga  g’amxo’r,  mehrli  v  asadoqatli 

bo’lishlari o’ta muhimdir. 

Uchinchidan,  oila  bolaning  ijtimoiy  munosabatlarga  tayyor  bo’lishida 




 

61 


muhim  ahamiyat  kasb  etgan  pedagogik  muhitdir.  Shu  bois  ham  olimlar  oilaning 

eng muhim va dastlabki vazifalaridan ham birini tarbiyalovchi funksiya ekanligini 

doimo e’tirof etadilar.  

To’rtinchidan,  oilaviy  sosializasiya  jarayonini  bir  tomonlama,  ya’ni, 

farzandlar tarbiyasidagi roli bilan cheklash to’g’ri bo’lmaydi. Chunki ayniqsa, yosh 

oilada  nikohdan  so’ng  er  va  xotin  boshqa  oila  a’zolari  jamiyatida  xohlasa-

xohlamasa  o’z-o’zidan  tarbiyalanib,  xarakter  xislatlarini  o’zgartirib  boradilar. 

Masalan,  ilgari  tortinchoq,  uyatchan,  ikkilanuvchan  yigit,  uylangach,  turmush 

o’rtog’i nigohida obro’si mehr-muhabbat tufayli oshgan sari, o’zida kuch-qudratni, 

irodani  sezib,  dadil,  faol,  o’ziga  nisbatan  ijobiy  fikrli,  aqlli,  bosiq  bo’lib  borishi 

tabiiy.  Beshinchidan,  kelinchak  ham  yangi  xonadon  sharoitiga  ko’nikib  borgan 

sari,  uning  an’analarini  muvaffaqiyat  bilan  o’zlashtirib  borgan  sari,  turmush 

o’rtog’ining mehrli muhabbati, qaynnona va qaynotaning g’amxo’rligi, e’tiborliligi 

oqibatida  yanada  iffatli,  sermulohazali,  ziyrak  va  farosatli  bo’lib,  o’zidagi  ilgari 

mavjud ayrim salbiy xarakter sifatlaridan qutulishi ham mumkin. Bu – er va xotin 

uchun oila muhitining yangi bosqichdagi ijtimoiylashuv maskani sifatidagi o’rnini 

isbotlaydi. 

Oltinchidan,  ayrim  oilalarda  er  va  xotin  o’rtasida  samimiy,  iliq 

munosabatlarning yo’qligi, tashqi tomondan nomiga oila qurganliklari, ma’nan esa 

bir-birlariga  nisbatan  beganoday  qolganliklari  bois  bu  erda  o’zaro  munosabatlar 

hamisha  tarang,  yuzaki bo’lib boradi. Tabiiy, bunday munosabatlar nafat ularning 

o’ziga  balki  ularni  o’rab  turgan  boshqa  qarindoshlar,  ayniqsa,  farzandlarga  faqat 

salbiy  ta’sir  etadi  ,  yoshlarning  ijtimoiylashuv  jarayoniga  to’g’anoq  bo’lishi  ham 

mumkin. “Ko’cha bolalari”, “tarbiyasi og’ir bolalar”, voyaga etmay turib jinoyatga 

qo’l  urgan  o’smirlar  aksariyat  holatlarda  aynan  shunday  oilaviy  muhitning 

qurbonlari hisoblaandi. 

Etinchidan,  ta’kidlash  joizki,  bolaning  ijtimoiylashuvi  jarayonida 

maktabgacha  tarbiya  maskanlari,  maktabning  roli  va  ahamiyati  ham  bor.  Lekin 

ulardagi  ta’lim-tarbiya  jarayonining  samaradorligi  eng  avvalo,  oilaviy  tarbiyaga 

bog’liq  ekanligini, “Qush  uyasida  ko’rganini  qiladi”  maqolining  mohiyatini 




 

62 


hamma  biladi.  Maxsus  tarbiya  maskanlari  oldida  oiladagi  ijtimoiylshauvning 

afzalligi  shundaki,  oiladagi  barcha  o’zrao  munosabatlar  tabiiy  muhitda,  inosniy 

munosabatlar tamoyiliga asoslanib amalga oshiriladi.  


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin