O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul’teti


  Ota-ona – bola munosabatlari psixologik xususiyatlari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix22.03.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#54036
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
sibling maqomining psixologik xususiyatlari

1.2.  Ota-ona – bola munosabatlari psixologik xususiyatlari 

        Oila va nikohning paydo bo’lishiga sababchi omillardan biri, ayniqsa, bizning 

sharoitimizda,  farzand  tug’ilishidir.  Farzandsiz  er-xotin  aloqalarini,  umuman 

oilaviy munosabatlarini tasavvur qilish mushkul.  Ilmiy manbalar tarixan insoniyat 

ota-ona  va  farzandlar  munosabatlari  o’ziga  xos  bosqichlar  va  rivojlanish 

qonuniyatlarini  boshidan  kechirganligidan  guvohlik  beradi.  Bashariyat  tarixi 

shundan  dalolat  beradiki,  zamonlar  osha  ota-onaning  bolaga  nisbatan  xususiy 

mulkday  qarab,  uning  ustidan  hukmronlik  qilishi  borgan  sari  farzand  ehtiyojlari 

bilan hisoblashish, uning barcha istaklarini bajo keltirib, unga cheksiz g’amxo’rlik 

ko’rsatishgacha bo’lgan munosabatlarga aylangan. Ota-ona – bola munosabatlarini 

agar  tarixiy  davrlarga  bo’ladigan  bo’lsak,  ota-onaning  bolaga  yondoshuv  usullari 

bo’yicha qator bosqichlarni boshdan kechirganligini ko’rish mumkin.  

Olimlarning  tavsiflashicha,  antik  davrlarda  erkak  va  ayol  aloqalari  oqibatida 

farzand  tug’ilsa,  unga  deyarli  befarq  qarash,  ya’ni,  infantisid  munosabat 

kuzatilgan, bunday munosabat mohiyatan shafqatsizlikka asoslangan bo’lib, bolani 

dunyoga  keltirganlar  uchun  uning  nasl-nasabi,  taqdiri  unchalik  ahamiyatli 

bo’lmagan.  Yangi  asrga  kelib,  bu  munosabatlar  tubdan  o’zgargan,  odam  zotida 

egoizm,  o’ziga  tegishli  narsaga  nisbatan  egalik  hissining  takomillashib  borishi 

o’zidan bo’lgan zurriyodga nisbatan munosabatlarda ham o’z aksini topgan.  

Mulkchilik  shakllarining  o’zgarishi,  turmush  tarzi  qadriyatlariga  monand 

kattalarning bolaga nisbatan his-kechinmalari ham o’zgarib borgan. Masalan, XIX 

asrning  boshlari  XX  asrlarning  o’rtalariga  kelib,  ota-onalar  farzandlarining 

jamiyatda  tutajak  o’rinlari,  ularning  ijtimoiylashuviga  alohida  e’tibor  bera 

boshlaganlar.  Keyingi davrlar  esa kattalarning kichiklar  taqdiriga befarq emasligi, 

ularni  qo’llab-quvvatlash,  rivojlanishiga  ko’maklashishning  ahamiyatini  anglash 

davri bo’lgan. Bu an’ana deyarli bizning davrimizda ham davom etib kelmoqdaki, 

endilikda  tug’ilgan  bolaga  e’tibor  oilaning  barcha  qadriyatlaridan  ustun  ham 



 

17 


keladi.  Lekin  bunday  g’amxo’rlik  psixologiyasi  ham  madaniy-tarixiy  o’ziga 

xoslikka  ega.  Masalan,  ayrim  xalqlar  (aksariyat  Evropa  xalqlari)  bolaga  u 

kichikligida  juda  katta  mehr  va  g’amxo’rlik  ko’rsatadi,  taxminan  o’smirlik 

davridan  boshlab,  uning  erkinligi  tan  olinadi  va  ota-ona  tomonidan  beriladigan 

tarbiya  uslublari  o’zgartirilib,  unga  kattalarcha  munosabatlar  barqarorlashadi. 

Boshqa bir madaniy-etnik hududlarda, aksincha, farzand balog’atga etgani sari ota-

onaning  unga  e’tibori  kuchayadi.  Masalan,  Osiyo  xalqlari,  xususan,  o’zbeklarda 

ham  oila  kattaligi  va  serfarzandligi  bois,  bolalarning  kichik  yoshdagi  rivojlanish 

xususiyatlariga tabiiy holatday qarab, juda katta qayg’urish bilan uning ma’naviy, 

ruhiy  rivojlanishiga  e’tibor  qaratilmaydi.  Lekin  qiz  bola  balog’atga  etib, 

ko’rkamlashib borgani sari, o’g’il bolaning qo’lidan ish kelib, qatorga  qo’shilgani 

sari,  ota-onada  ulardan  g’ururlanish,  taqdiriga  kuyunish,  g’amxo’rlik  ko’rsatish 

ham  ortib  boradi.  Bunday  g’amxo’rlik  shu  qadarki,  uylangan  o’g’ilning  qadam 

bosishlarini  ham  hamon  ota-ona  nazorat  qilaveradi,  bu  ba’zan,  qaynona-kelin 

munosabatlarida,  yoki  ota-o’g’il  munosabatlarida  tarangliklarni,  nizolarni  keltirib 

chiqaradi. 

Yuqorida  qayd  etilgan  davrlarda  tabiiy,  ota-ona  farzandlarini  tug’ish,  tarbiya 

qilish va jamiyatga tayyorlashda o’ziga xos metodlarni qo’llagan. Boshida o’zidan 

ajratishni, hayotga tayyorlashni ham bilmagan ota-ona bora-bora bolani jamiyatda 

ijtimoiylashuviga  ahamiyat  beradigan,  shu  jarayonga  yordam  beradigan  bo’lib 

borgan,  ota-onadagi  egoizm  bolalardagiga  aylanib  borganki,  hozirgi  davrda 

ko’pgina 

ota-onalar 

farzandlarining 

faqat 

o’zini 


o’ylashi, 

ota-onani 

tushunmasligidan  noliydigan  ham  bo’lib  qolgan.  Lekin  aslida  tarixiy  rivojlanish 

tendensiyalariga e’tibor berilsa, bunga faqat ota-onalarning o’zlari aybdordirlar. 

       Oilada  farzand  tug’ilishi,  uning  soni  va  tarbiya  berish  imkoniyatlari  masalasi 

har  doim  ham  dolzarb  bo’lgan.  Lekin  ayrim  G’arb  davlatlarida,  jumladan, 

Rossiyada  oilada  bola  sonining  keskin  kamayib  ketishi  munosabati  bilan  er-

xotinning  reproduktiv  huquqi,  madaniyati  va  xulqi  masalasi  ayni  davrda  o’ta 

dolzarb masaladir. Rus olimi S.P.Kapisaning (1999) pessimistik bashoratiga ko’ra, 

Rossiyada  1995–2025  yillar  oralig’ida  tug’ilishning  kamayishi  2  mln.dan 




 

18 


(optimistik  bashorat) 32 mln.gacha  tushib  (pessimistik  bashorat)  ketadi,  bu 

raqamga 1995 yilgi 147,9 mln. aholi soni asos qilib olingan. Shuning uchun jahon 

olimlari,  Xalqaro  aholishunoslik  jamg’armalari  (jumladan,  YuNFPA,  YuNISEF) 

oilada  sog’lom  bola  tug’ilishi  siyosati  orqali  Er  yuzining  turli  mintaqalarida 

reproduktiv  xulqni  muvofiqlashtirish  masalasiga  alohida  e’tibor  berib,  konkret 

tadqiqotlar  o’tkazmoqda.  Bundagi  asosiy  muammo  –  onaning  reproduktiv  xulqini 

boshqarish  va  muvofiqlashtirish,  uning  salomatligini  muhofaza  qilish,  sog’lom 

zurriyod tug’ilishini kafolatlashdir.  

Reproduktiv  xulq  –  bu  oilada  farzand  tug’ilishi  bilan  bog’liq  xulqdir.  U  oila 

a’zolarini o’z davrining fuqarosi sifatida ijtimoiy kelib chiqishi, yoshi, salomatligi 

darajasi, madaniyatiga bevosita bog’liq bo’lgan xatti-harakatidir. Bu harakatlarning 

asl motivi avvalo insondagi  o’zidan nasl qoldirish, oilada  er-xotinlik burchini ado 

etishga  bo’lgan  ishtiyoq  va  layoqatga  borib  taqaladi.  Rossiyalik  ayollar  o’rtasida 

o’tkazilgan  so’rovlarga  ko’ra,  ular  xohlagan  bola  soni  (2,8)  real  bolalar  sonidan 

ancha ortiq. Shundan A.Antonov, ayni davrda odamlar o’z reproduktiv vazifalarini 

ado  etmayaptilar,  deb  xulosa  qiladi.  Ko’pincha,  reproduktiv  xulqning  motivlari 

odamning  boshqa  turdagi  faoliyat  motivlari  ta’sirida  so’nib  bormoqda,  avvalo  bu 

harakat oilada sodir bo’lsa-da, u ayol kishining shaxsiy ishiday tasavvur etiladi va 

ayolning  bola  tug’ib  berish  orqali  o’zini  namoyon  etishi,  erining  munosabatlarini 

keskin  o’zgartirish,  unga  ta’sir  (tazyiq)  ko’rsatish,  ustidan  hukmron  bo’lish, 

kimnidir  sevish  va  unga  g’amxo’rlik  qilish  ehtiyojini  qondirishga  borib  taqaladi. 

Quyidagi 1.2.1-jadvalda A.Antonov o’tkazgan tadqiqotlar asosida reproduktiv ota-

onalik ko’rsatkichlari keltirilgan. 

1.2.1-jadval 




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin