O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti



Yüklə 439,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix26.04.2023
ölçüsü439,61 Kb.
#102835
1   2   3   4
Testlar Al-Xorazmiy uchun UZB BIOLOGIYA

O‘ZBEKISTON 
RESPUBLIKASI 
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
FAN OLIMPIADALARI BO‘YICHA IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASH DEPARTAMENTI 
Al-Xorazmiy nomidagi olimpiada 
TEST TOPSHIRIQLARI – BIOLOGIYA 26-MART
Q20. Bitta tupida ikki xil gulga ega bir yillik o‘simliklarni ko‘rsating. 
1) terak; 2) osh qovoq; 3) makkajo‘xori; 4) no‘xat; 5) olma; 6) saksovul; 7) handalak; 8) rayhon; 9) turkiston 
ismalog‘i; 10) gazanda. 
A) 1, 3, 9 
B) 2, 3, 7 
C) 2, 4, 9 
D) 1, 4, 8 
Q21. Anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlashda, anorganik moddalarning oksidlanish 
reaksiyalarida hosil bo‘lgan energiyadan foydalanish jarayoni nima deyiladi?
Q22. Quyida tokdoshlar oilasiga mansub nechta o‘simlik turi keltirilgan?
1) madaniy tok; 2) shuvoq; 3) topinambur; 4) terakbargli liftok; 5) kattaqo‘rg‘on; 6) qorago‘zal. 
Q23. Quyida keltirilgan organizmlar nechta turkumga tegishli ekanligini aniqlang. 
1) temirchak; 2) podalariy; 3) zorka; 4) iskabtopar; 5) suluv ninachi; 6) trixogramma; 7) qoraqurt; 8) sariq kapalak; 
9) sariq chayon; 10) faeton chumolisi.
Q24. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq 
tartibda yozing.
1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4) katta va 
kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi.
Q25. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangning rivojlanish bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda 
yozing. 
1) parazitning finnaga aylanishi; 2) tuxumdan lichinkaning chiqishi; 3) parazitning ingichka ichakda voyaga 
yetishi; 4) lichinkaning ichakdan qonga o‘tishi; 5) cho‘chqaning paraziti bilan zararlanlanishi; 6) lichinkaning 
muskullariga o‘tishi; 7) parazitning odamga yuqishi.
Q26. Quyida ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz teshigi, halqum, qizilo‘ngach, ikki bo‘lmali oshqozon, ichak, jigar 
va anal teshigidan iborat bo‘lgan nechta hayvon turi berilgan. 
1) midiya; 2) bitiniya; 3) krab; 4) tridakna; 5) omar; 6) krevetka; 7) dreysena; 8) langust.
Q27. Katta yoshdagi odamlarda qalqonsimon bez faoliyati pasayib, tiroksin kam ishlab chiqarilishining kamayishi 
natijasida moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi. 
Kasallik nomini aniqlang.
Q28. Yo‘g‘on va uzun gulpoyada gullari bandsiz joylashadigan to‘pgul xili qanday nomlanadi?
Q29. Bir neyronning aksoni ikkinchi neyron tanasi yoki dendritlari bilan tutashadi joyi nima deyiladi.
Q30. Bir hujayrali suvo‘tlar bilan zamburuglarning simbioz yashashidan hosil bo‘ladigan organizmlar qanday
nomlanadi?

Yüklə 439,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin