partiyaning a'zolari.
Eserlar - S (es) - sotsial, R (er) - revolyutsion (inqilobiy), ya'ni, sotsial revolyutsionerlar
nomidan olingan bo'lib, ular sovetlar ichida dehqonlar manfaatini hamoya qiluvchi
guruh bo'lgan.
2-topshiriq: Guruhlarga o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollar
beriladi:
1-savol. Turkiston xalqlarining asriy orzusi nima edi?
2-savol. Turkistonliklar 1917-yil fevral inqilobidan nimalar kutgandilar?
3-savol. 1917-yilgi fevral o'zgarishidan so'ng Turkistonda qanday o'zgarishlar yuzaga
keldi?
O’quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib
tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish: Bu vazifa quyidagi reja asosida amalga oshiriladi:
Rossiyadagi Oktyabr to'ntarishi hamda uning Turkiston o'lkasiga ta'siri.
Toshkentda sovet hokimiyatining o'rnatilishi hamda Turkiston o'lka Xalq
Коmissarlari Sovetining tashkil qilinishi.
Bolsheviklar va so'l eserlarning Turkiston jadidlariga qarshi kurashi.
III. Yangi mavzuni mustahkamlash: Darsning bu bosqichi quyidagi savol-topshiriqlar yozilgan kartochkalarni
o’quvchilarga (guruhlarga) tarqatish orqali bajariladi:
1-topshiriq:
O’quvchilarga
“O’zingizni sinang!” deb nomlangan kartochkalar
tarqatiladi hamda ushbu kartochkalarda berilgan nuqtalar o’rniga mos ma’lumot
keltiring.
2-topshiriq: Guruhlarga o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollar
beriladi:
“O’zingizni sinang!” 1.
Qishki saroyni egallagan kuchlar - bu ...
2.
Vladimir Ulyanov - bu ...
3.
F. Kolesov va Ye.Perfilevlar - bu ...