O`zbekistоn respublikаsi xаlq tа’limi vаzirligi nаmаngаn vilоyat xаlq tа’limi bоshqаrmаsi yangiqo’RG’on tuman xаlq tа’limi bo`limigа qаrаshli



Yüklə 311,5 Kb.
səhifə6/9
tarix01.02.2023
ölçüsü311,5 Kb.
#82129
1   2   3   4   5   6   7   8   9
33-maktab metodbirlashma xujjati 2021-2022-yil uchun 4487 (1)

T/r

Metodik kunlar

Mutaxassisliklar.

1.

Dushanba

Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) o‘qituvchilari

2.

Seshanba

Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, 0‘zbek tili/rus tili) o‘qituvchilari

3.

Chorshanba

Tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot) o‘qituvchilari

4.

Payshanba

Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) o‘qituvchilari

5.

Juma

Xorijiy tillar o‘qituvchilari

6.

Shanba

Amaliy fanlar va boshlangich taIim (tasviriy sanat, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik) oqituvchilari










26.Fan o‘qituvchilari metodik kunlarda o‘z fani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar to‘playdi, faniga doir turli seminarlarda ishtirok etadi, boshqa fan o‘qituvchilarining darslarini kuzatishi mumkin.


27.Metodik kunlarda dars jadvaliga tegishli fan o‘qituvchilarining darsi qo‘yilmaydi. Istisno tariqasida, o‘quvchilari ko‘p bo‘lgan, fan xonalari kam bo‘lgan va kadrlar yetishmaydigan umumiy o‘rta ta’Iim maktablariga metodik kunlarda dars jadvaliga dars qo‘yishga ruxsat etiladi.
28.Fan o‘qituvchilaridan metodik kunlar bo‘yicha birorta hujjat talab qilinmaydi.
4-bob. Metodbirlashma rahbari va a’zolarining majburiyatlari
29.Metodbirlashma rahbarining majburiyatlari:
Metodbirlashmaning ish rejasini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish, hisobotlarini tuzish;
tajribasi yetarli bo’lmagan va yosh o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatish;
tegishli fanlami o‘qitish sifatiga e’tibor berish;
Metodbirlashma faollyatl yuzasidan pedagogik kengashga hisobot berish;
taqvim-mavzu rejalarining tuzilishi va bajarilishini nazorat qilish; ochiq darslar, metodik kun va fan oyliklarini tashkillashtirish.
30.Metodbirlashma har bir a’zosining majburiyatlari:
har bir o‘qituvchi kamida bitta Metodbirlashmaga a’zo bo‘lishi;
Metodbirlashma o‘tkazadigan yig‘ilishlar va tadbirlarda qatnashishi; kasbiy mahoratini oshirishga intilishi;
pedagogning huquqiy-me’yoriy faoliyatini bilishi va unga amal qilishi; pedagogik faoliyatida o‘z-o‘zini tahlil qilib borishi lozim.
5-bob. Metodbirlashmaning huquqlari
31.Metodbirlashma quyidagi huquqlarga ega:
umumta’lim maktabi rahbariyatiga fan xonalari mas’ullarini rag‘batlantirish va fan to‘garaklarini tashkil qilish yuzasidan takliflar beradi;
ayrim fan yoki yo‘nalishlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilimlar beradigan sinflar ochish bo‘yicha takliflar beradi;
ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar mavjud umumta’lim maktablarida yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus dasturlar va yakuniy nazorat materiallarini tayyorlaydi;
Metodbirlashma a’zolarining malakasini oshirishga doir takliflar beradi.
6-bob. Metodbirlashma hujjatlari
32.Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim: Metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi, yig‘ilish bayonnomasi va yillikhisoboti.
33.Metodbirlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metodbirlashma rahbari javobgar hisoblanadi.
Metodbirlashmaning yillik ish rejasi, yig‘ilish bayonnomasi, hisoboti uch yil mobaynida saqlanadi hamda tegishli arxivga topshiriladi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
34.Metodbirlashmalar umumiy o‘rta ta’Iim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra maktab direktorining buyrug‘i bilan tashkil etiladi va tugatiladi.
35.Metodbirlashma qarorlarini bajarish Metodbirlashmaning har bir a’zosi uchun majburiy bo‘lib, qarorlar ijrosining umumiy nazorati Metodbirlashma rahbari tomonidan amalga oshiriladi.



Yüklə 311,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin