51
Ushbu ma`lumotlar o`spirinlar o`z o`zini baholashning
situativ xarakterda
ekanligini va ularda ikkilanishlar mavjud ekanligini yana bir marta tasdiqladi.
Bitiruv malakaviy ishimizning vazifalaridan biri o`z o`zini baholashning
o`quvchilar o`zlashtirishi va xulq atvoriga ta`sirini o`rganishdan iborat edi.
Shuning uchun yuqori va past o`z o`zini baholashga ega bo`lganlardan
alohida
guruh tanlab olindi. Ma`lum bo`lishicha yuqori o`z o`zini baholashga ega bo`lgan
o`quvchilar guruhda bo`lib, buning uchun ular turli variyatarni qo`llaydilar.
Masalan, tekshiriluvchilardan biri o`zini boshqalarning achchig`ini keltiradigan
tarzda tutadi. O`qituvchilarga qo`pollik bilan munosabatda bo`ladi.
Biroq bu
xususiyatlarni u faqat guruhda namoyon qiladi, o`zlashtirish bo`yicha
yaxshi
o`quvchilar qatoriga kiradi va aksincha o`z o`zini baholash past bo`lgan
o`quvchilar guruhda sezilarsiz holatni egallaydilar. Ular jiddiy og`ir vazmin
o`zlarini tutadilar.
Agar o`qituvchilar o`zlarining o`z o`zini past baholashlarini
hisobga olib ular
tayyorgarlik ko`rishlari uchun vaqt bersalar va ularni shoshiltirmasalar bunday
o`quvchilar yuqori o`zlashtirishga ega bo`lishlari mumkin.
O`z o`zini noadekvat baholash bilan bo`g`liq bo`lgan og`ishlari bo`lgan alohida
o`quvchilar xulq atvorini korreksiyalash tadqiqotimizning amaliy yo`nalishlaridan
biri hisoblanadi. Taassurot ob`yekti sifatida yaxshi o`qishga
halaqit beruvchi
52
yuqori havotirlik va tez-tez yuzaga kelib turadigan emotsional zo`riqishli
o`spirinlar tanlab olindi.
Shu maqsadda o`tkazilgan kuzatishlar natijasida 2-guruh o`quvchisi bilan shunday
tadbirlar o`tkazildi. Ma`lum bo`lishicha kollejga o`qishga kelgach yuqori
xavotirlanish darajasi tufayli uni o`zlashtirishi darajasi keskin pasayib ketgan.
Buning sababi suhbat jarayonini aniqlanishicha nutqidagi nuqsonlar hisoblanadi.
Ushbu tekshiriluvchi uchun baland va tez gapirish qiyinchilik tug`diradi.
O`qituvchilar esa bu xususiyatni o`quvchining javob berish jarayonida inobatga
olmay
unga noto`g`ri munosabatda bo`lganlar. Uning fiziologik “men” ini hisobga
olmaganlar. Uning natijasida so`rov paytida o`quvchi materialini yaxshi bilsa ham
javob bermagan va o`qituvchining sorov olib borishidan qo`rqqan.
Uning ota onalari
bilan suxbat otkazilgan, ota onasi oily ma`lumotli pedagoglar,
o`qituvchi
bolib ishlaydilar, suhbat davomida farzandlarida oquv muassasiga
nisbatan nafrat vujudga kelganligi lekin shunga qaramasdan u juda ko`p
shugullananishi nafrat vujudga kelishining asosiy
sababi doimiy qoniqarsiz
baholar olish ta`kidlandi.
Suhbat jarayonida yana shu narsa xam ma`lum bo`ldiki, oxirgi paytda u o`z
nutqining nuqsonidan uyaladigan va javob berishdan juda qo`rqadigan bo`lib
qolgan. Shundan so`ng fan o`qituvchilar bilan ish olib borildi. O`qituvchilarga
so`rov shaklini o`zgartirish va uni guruhda yozma ravishda yoki darsdan so`ng
og`zaki tarzda so`rash taklif etildi. Natija darhol sezila boshladi ya`ni yaxshi va
a`lo baholar paydo bo`ldi.
Dostları ilə paylaş: