254
Psixolog A.B.Filonov tomonidan ishlab chiqarilgan
pedagogik texnologiya ham
samarali hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagogning o’spirin bilan aloqasining bir nechta
bosqichlari ko’rsatilgan:
1.
Qarashlarida roziliklarning to’planishi;
2.
Uning qiziqishlarini bilib olish;
3.
O’smirlikning roziligi;
4.
Xususiyatlari va sabablarini tushunish;
5.
Uning shaxsiyatining salbiy xislatlarini o’rganish;
6.
YUrish-turish va o’zaro munosabatning umumiy normalarini ishlab chiqish
6
.
YU.V.Vasilkova tarbiyasi og’ir o’spirinning tarbiyasiga bosqichma-bosqich
yondoshuvni ilgari suradi
7
:
I.
O’spirin bilan yaxshi munosabatlarni o’rnatish;
II.
O’spirinning shaxsiy ishi bilan tanishib chiqish;
III.
Pedagogik tarbiyasi og’irligining sabablarini aniqlash;
IV.
Psixologik va ijtimoiy pedagogik xaritalarini tuzish;
V.
O’spirin shaxsiyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi faoliyat turini tanlash;
VI.
Tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash jarayonining birlashishi, o’spirin faoliyatini o’z-
o’zini mukammallashtirishga qaratish.
Tarbiya jarayoniga kompleks yondoshuv o’spirinlar guruhlari paydo bo’ladigan
mikro muhitlarga faol ta’sir qilishni talab qiladi. Kriminologlarning ma’lumotiga ko’ra
voyaga yetmaganlar aksar jinoyatlarini guruh bo’lib sodir etishadi. Biroq voyaga
yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish bo’yicha ko’pgina tafsiyalar
indevidual profilaktika tavsiyalari hisoblanadi. Amaliyotda
isbotlanganidek ajratib
olingan o’spirinning huquqbuzarliklarini bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat
har doim ham kutilgan natijalarga olib kelmaydi. Bu holat huquqbuzar o’spirinning
yashash joyidagi guruhning a’zosi bo’lganligi va uning xatti-harakatlari guruh kayfiyati,
ularning hayot tarzi, fikrlashi, boshqa a’zolariga bog’liq bo’lishi bilan izohlanadi. Demak
biz pedagogik tarbiyasi og’ir bolalar bilan individual faoliyat olib borishning muhimligini
e’tirof etgan holda o’spirinlarni o’rab turgan mikro muhit bilan o’zaro aloqalarini
o’rganish zarurligini ham ta’kidlab o’tamiz.
Pedagogik ta’sirlarning kompleks tizimi, tarbiya vositalari, shakl va mazmunini
bildirib, bu faoliyatning maqsadi deb pedagogik tarbiyasi og’ir
bolalarni sinf jamoasi,
o’qituvchilar, sinfdoshlar bilan munosabatlarining normallashuvi natijasida o’smir
guruhlarning rejali qayta to’g’irlash hisoblanadi. Bu munosabatlarning normallashuvi
o’smir shaxsning shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.
Tarbiyasi og’ir o’smirlar bilan ish olib borish ommaviy so’rovnoma va anketa
to’ldirish bilan amalga oshiriladi. Bu usullar pedagogik qarovsiz o’smirlar guruhlarining
qayerda paydo bo’lganligi haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Tarbiyasi og’ir o’smirlar bilan ish olib borishda pedagog quyidagi parametrlarni
inobatga olishi lozim: guruh hajmi, ularning yosh va ijtimoiy tarkibi,
muomala qilish
joylar va vaqti, guruh faoliyatining mazmuni va yo’nalishi. Muomalaning bu
parametrlarini bilsh tarbiyachiga tuman, shaharda o’smir guruhlari bilan ishlashning eng
to’g’ri va samarali shakl-vositalarini qo’llashga yordam beradi.
ijtimoiy pedagog o’smirlar guruhining ijtimoiy tarkibini bilish ham muhim.
Ijtimoiy tarkibi turli bo’lgan o’smirlar guruhlarida o’zaro axborot almashuv va muomala
6
Л.П.Филонов Дезадаптив ыспиринлар билан реабилитация жараёнида алоқа ўрнатиш технологияси. Замонавий
шароитларда болалар ваўысмирлар реабилитацияси муаммолари ва тажрибаси. М, 1994. 127-143 б.
7
Ю.В.Василкова, Т.А.Василкова Социал педагогика. М:Академия, 2003. 362-363 б.
255
qilish qiziqarli bo’ladi. Biroq bu guruhlarda hayot haqida yolg’on tasavvurlarga ega
ma’lumotlar ham tarqatilishi mumkin. Tarbiyachining vazifasi:
1.
Guruhdagi muomalaning mazmunini bilish;
2.
Tarbiyaviy ta’sirni to’g’ri tashkil qilib, ma’lumotni to’g’ri tomonga yo’naltirish.
Guruhlarning o’rganilishi va taxlili qilinishi lozim bo’lgan mashg’ulotlarini ikki
turga ajratsak bo’ladi-
Dostları ilə paylaş: