onunlar, jinoyatlar va jazolar Qonunlar- bu hokimiyat tomonidan fuqarolar amal qilishi uchun belgilab
qo`yiladigan tamoyil shaklidagi me'yorlar Konformlik namoyish yetmaydigan odamlarga
qarshi qullanadigan formal sanktsiyalar ham mavjud. qonun bor joyda jinoyat ham
topiladi, chunki jinoyatni qonunni buzuvchi har qanday xulq deb ta'riflash mumkin.
Sanoatlashtirishgacha bo`lgan yevropada diniy jinoyatlar, hukmdor va
zodogonlarning mulkiga qarshi jinoyatlar eng og`ir jinoyatlar hisoblangan. Oddiy fuqaro
ikkinchi bir fuqaroni o`ldirishi yuqoridagiday og`ir jinoyat hisoblanmasdi. Bunda
jabrlanganning qarindoshlariga pul tqlab gunohini yuvgan. Ba'zan esa qurbon
bo`lganning oilasi aybdorni o`ldirgan.
Q
amoqxonalar va jazolar Qamoqxonaga qamash uzoq vaqt kriminal xulqni korrektsiya qilish bilan,
jinoyatchilarni reabilitatsiya qilish va ularni qonunni hurmat qiluvchi fuqarolarga
aylantirish bilan bog`liq. qamoqxonaga qamash huquqbuzarlarni jazolash va fuqarolarni
ulardan himoya qilish usulidir. Biroq baribir qamoqxonaga qamash tizimining e'lon
qilingan tamoyili- kelajakda jamiyatda o`z o`rnini topa olishi uchun individni
«tuzatish» hisoblanadi. Lekin qamoqxonalar shunday samara beradi deb hisoblab
bo`lmaydi. Qamoqda jinoyatchilar faqat ozodlikdan emas, daromaddan, jamiyatdan,
oiladan, sobiq do`stlardan, va boshqa shaxsiy buyumlardan ham maxrum bo`ladilar.
Ko`pincha ular liq to`lib ketgan binolarda yashaydilar va talablarni qatiy
bajarishga majbur bo`ladilar.
Bunday sharoitlarda yashash qamoqxonalardagi mahbuslarni jamiyatdagi xulq-
atvor me'yorlariga ko`niktirish o`rniga ular bilan jamiyat o`rtasiga to`siq qo`yadi.
Ular qamoqxonada o`zlashtiradigan odatlar va xulq-atvor usullari jamiyat ulardan
umid qilayotganidan mutloqa aksinchadir. Barcha ozod bqlganlarning 60% dan ortig`i
qayta jinoyatga qul urishi statistik ma'lumotlarga kqra aniqlangan. Jinoiy jazo sifatida
o`lim jazosi ham qo`llaniladi. qamoqxonalar qayta tarbiyalash uchun tashkil qilinar ekan
jinoyatchini qldirish bilan uning xulq-atvorini o`zgartirish mumkin emas. O`lim jazosiga
turlicha qarashlar, munosabatlar mavjud.
Jinoyatchilik darajasi ayollar orasida erkaklar orasidagiga qaraganda ancha past.
Buning sabablari ijtimoiylashuv sharoitlarining turlichaligi va erkaklarning ko`proq
uydan tashqaridagi faoliyatga jalb etilganidir.
Ruhiy kasalliklar haqidagi tasavvurlar .
Og`ayotgan xulqning aniq ko`rinishlaridan biri- majburiy muassasalardan
foydalanishni va davlat tomnidan tartibga solishni taqoza etadigan turlaridan biri ruhiy
kasalliklar hisoblanadi. Aqldan ozganla ruhiy jihatdan «bemor» ekanliklari haqidagi
tasavvurlar taxminan 2000 yil muqaddam shakllandi. Undan avvallari esa hozir ruhiy
kasal deb hisoblanadigan odamlarni bemor emas, aqlsiz va miyasiz deb hisoblaganlar.
Ruhiy og`ishlar asosan ikki toifaga bo`linadi: psixoz va nervoz. Psixozda
voqelikni idrok qilish tuyg`usi yo`qoladi. Psixozning eng ko`p uchraydigan shakllaridan
biri- shizofreniya hisoblanadi. Shizofreniyani tavsiflovchi alomatlar bog`lanmagan va
mantiqsiz sqzlashuv, tinglash va ko`rish gallyutsinatsiyalari, buyuklik yoki ta'qib
maniyasi, atrofdagi voqea va hodisalarni qabul qilmaslik kabilarni qamrab oladi.
214
Nevrotik o`zgarishlar kqp hollarda hayotning odatiy oqimiga halaqit bermaydi.
Nevrotikning asosiy xususiyati- boshqalar e'tibor bermaydigan mayda-chuyda narsalar
sababli chuqur tashvishga tushishidir.