Spirtli ichimliklar iste’mol qiladigan o’smirlar bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish Bolalar ichkilikbozligi va ayniqsa uning yoshlar o’rtasida keng tarqalishi eng jiddiy
ijtimoiy pedagogik muammolardan biri hisoblanadi. Ichkilikbozlik tushunchasi ikki
o’rinda aniqlanadi. Tibbiy nuqtai nazardan ichkilikbozlik spirtli ichimliklar iste’mol
qilishga yengib bo’lmas ehtiyoj tug’ilishida namoyon bo’ladigan surunkali kasallikdir.
ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan ichkilikbozlikspirtli ichimlikka deviant patologik ruju
qo’yish bilan xarakterlanadigan deviant xulq-atvor shaxslaridan biridir.
Bolalik davrida ichkilikbozlik muammosi shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni bilan
bevosita bog’liq. CHunki, birinchidan, u aniq ijtimoiypsixologik sabablar tufayli kelib
chiqadi, ikkinchidan odatda deviant xulq-atvor kabi g’ayri ijtimoiy hislatlarning kelib
chiqishiga olib keladi.
Ichkilikbozlik namoyon bo’lishining ijtimoiypsixologik omillari bir xil emas. Ular
ichida mikroijtimoiy va shaxsiy omillarni ajratsak bo’ladi. SHaxsiy omillar vazifasini
shaxsiy va xaraktereologik xususiyatlar bajarishi mumkin. Mikroijtimoiy omillarga
alkogollashuv ko’rsatkichlari (ichkilik iste’mol qilish yoshi, sabablari), oila tarkibi va
unda alkogollashuv darajasi kabi ijtimoiy va ijtimoiypsixologik belgilar kiradi.
Ijtimoiypsixologik omillar shartli ravishdagina ikkiga ajratiladi. Alkogollashuv
jarayoniga ta’sir ko’rsatar ekan, ular yaxlit va kompleks tarzda o’rganilishi lozim.
YUqorida alkogollashuv darajasiga (bir oyda kamida bir marta iste’mol qilish) ega
o’smirlar guruhida ijobiy ijtimoiy mikro muhitda shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasini
ta’minlovchi shaxsiy xususiyatlar tizimi yaxshi rivojlangan.
Bolalar ichkilikbozligi bir qator xususiyatlarga ega:
1)
spirtli ichimliklarga tez ko’nikish
2)
ichkilikbozlikning tez rivojlanishi
3)
davolashning samaradorligi
4)
organizmning tez buzilishi jarayoni