Tadqiqotning dolzabligi. Bugungi kunda O`zbekistonda ta‘lim-tarbiya sohasi
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, mutlaqo yangicha qarash barpo etildi, desak
mubolag‘a bo`lmaydi. Umumiy o`rta ta‘lim maktablari tasdiqlangan meyoriy
hujjatlar asosida o`quvchilarga 9 yil davomida o`ziga xos darajada yakuniga
yetgan zamonavny bilim berishni nazarda tutadi. Akademik litsey hamda kasb-
hunar kollejlarida esa o`quvchi yoshlar o`z qiziqishlaridan kelib chiqib ixtiyoriy-
majburiy holda bilim, malaka va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish imkoniyatiga ega
bo`ladilar.
Qanday turdagi muassasa bo‘lmasin yoki qanday ko‘rinishdagi o`quv
predmeti bo‘lmasin, Prezidentimiz ta‘kidlab o‘tganidek, milliy g`oya va uni
tamoyillari bilan uzviy sug`orilgan bo‘lishi talab etiladi [1]. Shuning uchun ham
davr talabidan kelib chiquvchi o`quv-uslubiy majmualarning yangi avlodini
yaratish davlat siyosati darajasiga kutarildi.
Ma‘lumki, sobiq Ittifoq davrida O‘rta osiyo xalqlarining, shu jumladan,
o‘zbek xalqining o‘tmishi, boy tarixi, buyuk allomalarining jahon madaniyatiga
qo‘shgan hissasi o‘rganilmay, kamsitilib kelindi.
Mustaqillik sharofati bilan yaqin o‘tmishda nomlari unitilayutgan buyuk
ajdodlarimiz nomi va ularning jahonmadaniyati xazinasiga qo‘shgan ulkan
xizmatlarini o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan qabul
qilingan yangi o‘quv dasturida O‘rta Osiyolik allomalarning fizika va astronomiya
fanlariga oid ishlari bilan o‘quvchilarni tanishtirish ko‘zda tutilgan.
Haqiqatdan ham, fizika sohasida qilingan har bir kashfiyot, dunyoni bilish
sohasidagi har bir yangilik materiyani, borliqni o'rganish yo'lidagi dadil bir qadam
hisoblanadi. Fizika tabiiy fan bo'lib, uning qonunlari barcha tabiatshunoslik
bilimlarining asosida yotadi. Fizika fanini uzoq vaqtlargacha tabiat falsafasi deb
ataganlarining o'zi ham uning falsafa bilan naqadar chuqur bog'lanib
ketganligining isbotidir.
Qadim davrlardan beri inson o'z mehnatini yengillashtirish yo'llarini
qidiradi. Qurilishlar olib borishda og‗ir ustunlar, yo‘nilgan marmar toshlarni
4
siljitish, ko'tarish uchun turli mexanik qurilmalardan foydalanib kelgan. Uch ming
yil oldin qadimgi Misrda piramidalar qurilishida og‗ir tosh plitalarni richaglar
yordamida bir joydan ikkinchi joyga siljitishgan va ancha balandga ko'tarishgan.
Ko‗p hollarda og‗ir yukni biror balandlikka ko'tarish o'rniga uni shu balandlikka
Dostları ilə paylaş: |