O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127
6-7 yoshli bolaning muloqoti. 
Bu yoshdagi muloqot vaziyatli-shaxsiy, ya’ni, berilgan 
konkret vaqtdagi vaziyatni emas, balki “nima bo’ldi” yoki “nima bo’ladi” tarzidagi vaziyatni aks 
ettiruvchi sifatida bo’ladi. Muloqotning asosiy mazmuni kishilar dunyosi, xulq-ator qoidalari, 
tabiiy hodisalardan iborat bo’ladi. Kattalar dunyo tabiatini ochuvchi ijtimoiy me’yorlar, ijtimoiy 
kontaktlar va odamlar orasidagi qoidalarning tashuvchisi bo’lib sanaladi. muloqot jarayonidagi 
yetakchi ehtiyoj – o’zaro tushunish, his-tuyg‘ularni his qilish ehtiyojidir. Bola kattalar bilan 
o’zining ham ijobiy, ham salbiy yorqin kechinmalari bilan o’rtoqlashadi. Ota-onalar hamda 
pedagoglaning asosiy vazifasi bolaning emotsiyalarini ularning bola hayoti uchun ahamiyatliligini 
kamaytirmagan holda qabul qilishdan iboratdir. 
Tengdoshlari bilan muloqotda bola yoshining quyidagicha namoyon bo’lishi ifodalanadi: 
muloqot tashabbusini boshlash; 
birinchi yaqinlik; 
biri-biriga, tan olinishga va hurmatga ehtiyoj; 
musobaqalashuv tarzidagi taqlid qilish; 
sherikka nisbatan yuqori sezuvchanlik (ranjish, qarshilik, janjal); 
guruhda bolalarning tutgan o’rni bo’yicha farqlanishi paydo bo’ladi. 
7 yoshlarga kelib bolada maktabgacha bo’lgan yosh davri tugaydi. Bu davrdagi asosiy 
ko’nikmalar bo’ilb quyidagilar sanaladi: 

bola tomonidan odam turmush madaniyati predmetlari va narsalari dunyosining 
o’zlashtirilishi; 

boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qila olish qobiliyati; 

“maktab o’quvchisi ichki hissiyoti”ning shakllanishi, ya’ni, ongli ravishda, u nima qilish 
kerakligi va kattalar undan nimani kutayotganliklarini to’la tushuna olish bilan bolaning maktabga 
borish istagining paydo bo’lishi. 
Maktabgacha yoshda davomida bolalar narsalar dunyosini kishilik madaniyatining 
predmetlari sifatida o’zlashtiradilar; boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qilishni o’rganadilar; 
ularda jinsiy identifikatsiyalanish rivojlanadi, maktab o’quvchisi pozitsiyasi shakllanadi. 
Maktabgacha bo’lgan yosh oxiriga kelib bola endilikda bilishga doir va shaxsiy 
rivojlanishning yuqori darajasiga ega bo’lib, bu unga maktabda keyinchalik muvaffaqiyatli 
o’qishga imkon beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin