B/B/B chizmasi
B/B/B chizmasi – Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim. Mavzu, matn, bo’lim bo’yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini bеradi.
Tizimli fikrlash, tuzilmaga kеltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivoj-lantiradi.
O’quvchilar:
Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.
“Mavzu bo’yicha nimalarni bilasiz” va “Nimani bilishni xohlaysiz” dеgan savollarga javob bеradilar (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning 1 va 2 bo’limlarini to’ldiradilar.
Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar.
Mustaqil/kichik guruhlarda jadvalning 3 bo’limni to’ldiradilar
B/BX/B JADVALI
MODULNI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI
“SWOT-tahlil” metodi.
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo’llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
Xulosalash» (Rezyume, Veer) metodi
Metodning maqsadi: Bu metod murakkab, ko’ptarmoqli, mumkin qadar, muammoli harakteridagi mavzularni o’rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha bir xil axborot beriladi va ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi. Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari bo’yicha o’rganiladi. Bu interfaol metod tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’quvchilarning mustaqil g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. “Xulosalash” metodidan mahruza mashg’ulotlarida individual va juftliklardagi ish shaklida, amaliy va seminar mashg’ulotlarida kichik guruhlardagi ish shaklida mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlili qilish va taqqoslash maqsadida foydalanish mumkin.
Namuna:
Dostları ilə paylaş: |