Ichki yonish dvigateli. Ichki yonish dvigatelida isitkich va ishchi modda vazifasini yoqilg'i, sovitgich vazifasini esa atmosfera o'taydi. Odatda, yoqilg'i sifatida benzin, spirt,kerosin va dizel yoqilg'isi ishlatiladi. Maxsus qurilma (masalan, benzinli dvigatellarda karbyurator) yordamida yoqilg'i va havo aralashma ko'rinishida tayyorlanib, silindrga uzatiladi. Silindrda esa aralashma yonadi. Yonish mahsulotlari esa atmosferaga chiqarib tashlanadi
Karburatorli dvigatel
So’nggi yillarda barcha mamlakatlarda atrof-muxitni muxofaza qilishda juda katta e’tibor qilinmoqda. Atrofdagi xavoni ishlayotgan issiqlik dvigatellari bilan ifloslantirishni kamaytirish uchun:
So’nggi yillarda barcha mamlakatlarda atrof-muxitni muxofaza qilishda juda katta e’tibor qilinmoqda. Atrofdagi xavoni ishlayotgan issiqlik dvigatellari bilan ifloslantirishni kamaytirish uchun:
a) yonilg’ining to’laroq yonishini ta’minlash;
b) elektrostantsiyalar va ichki yonuv dvigatellarining utxonalaridan ajralib chiqadigan gazlarni yaxshi tozalash;
v) «tozaroq» yonilgini izlab topish zarur.
yonilg’i to’la yonishi uchun ichki yonuv dvigatelining yonilgi aralashmasiga vodorod qo’shiladi, toshko’mirda ishlaydigan elektrostantsiyalarda esa ko’mirni maydalab ko’mir kukuniga aylantiriladi. Avtomobil dvigatellarida yonilg’i tula yonishi uchun 1 dvigatelning ishlash rejimi juda katta ahamiyatga ega.
Hozirgi paytda havoga kul, chang, qorakuya, zaharli gazlar chiqaradigan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa korxonalarni tozalash qurilmalarisiz ishga tushirish taqiqlangan. Tabiatga ziyon keltiradigan korxonalar, odatda, shahar tashqarisida qurilmog'i kerak. Ko'kalamzorlashtirish ishlarining ko'lamini esa iloji boricha kengaytirish maqsadga muvofiqdir.