Kommunikativ kompetensiya: A1 muloqotga kirishish uchun zarur bo‘ladigan og‘zaki nutqni o‘zlashtirish, jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish.
A1+ mavzuga doir tayanch so‘z va atamalarni xorijiy tilda ayta olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A1 mavzuga doir ma’lumotlarnikompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish.
A1+ manbalar asosida mavzuga doir kichik referatlar tayyorlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A1 manbalar asosida mavzuga doir kichik referatlar tayyorlash.
dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish, atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.
A1+ maktabda tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarda ishtirok etish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A1 davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash.
A1+ o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish, Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli bo‘lib ulg‘ayib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: A1 o‘zi yashaydigan o‘lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida bilish; uyi, maktabi, turar joyini qadrlash; do‘stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.
A1+ o‘zi yashaydigan joyning tabiiy boyliklari haqida kichik referatlar tayyorlay olish.