Mavzularni o‘rganish uchun – 144 soat Nazorat ishlari uchun – 18 soat Tahlil uchun – 8 soat Nutq o‘stirish – A1 +: 34 soat Husnixat uchun –A1+: 34 soat Jami – 170 soat (A1 + 238 soat)
4-SINF fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish (170 soat, A1+: 238 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A1 axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug‘at) manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish va foydalanish;
media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish, fayllarni ochishda media madaniyatiga rioya qilish.
A1+ axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug‘at) manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, ulardan samarali foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A1 mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish;
kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish;
o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish.
A1+ doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va ijodiy rivojlantirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A1 o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar, hashar va h. k. ishtirok etish va muomala madaniyatiga (kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga) amal qilish;
oilada o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglash.
A1+ o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: A1 maktabning ichki va tashqi qoidalariga rioya qilish;
yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;
milliy qadriyatlarni (milliy-madaniy an’analar, bayramlar, sayllar) bilish.
A1+ vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, nutqiy me’yorlarga rioya qilish.