50-mavzu: Ituzumdoshlar oilasi. (1 soat, A2+: 2 soat) Ituzumdoshlar oilasining asosiy vakillari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
51-mavzu: Tokdoshlar oilasi. (1 soat, A2+: 2 soat) Tokdoshlar oilasining asosiy vakillari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
52-mavzu: Qovoqdoshlar oilasi. (1 soat, A2+: 1 soat) Qovoqdoshlar oilasining asosiy vakillari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
53-mavzu: Qoqio‘tdoshlar oilasi. (1 soat, A2+: 1 soat) Qoqio‘tdoshlar oilasining asosiy vakillari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
54-mavzu: Bir urug‘pallali o‘simliklar sinfi. Loladoshlar oilasi. (1 soat, A2+: 2 soat) Loladoshlar oilasining asosiy vakillari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
55-mavzu: Piyozdoshlar oilasi. (1 soat, A2+: 1 soat) Piyozdoshlar oilasining asosiy vakillari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
56-mavzu: Bug‘doydoshlar oilasi. (1 soat, A2+: 1 soat) Bug‘doydoshlar oilasining asosiy vakillari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
Laboratoriya mashg‘uloti. O‘simliklarning tuzilishida sinf va oilalarning belgilarini aniqlash.
Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:Burchoqdoshlar, ituzumdoshlar, tokdoshlar, qovoqdoshlar, qoqio‘tdoshlar, loladoshlar, piyozdoshlar, bug‘doydoshlar oilasi, ochiq urug‘li o‘simliklar, yopiq urug‘lilar, ikki va bir urug‘pallalilar, ra’nodoshlar, karamdoshlar oilasi vakillari tasvirlangan plakatlar va ko‘rgazmali proeksion slaydlar. Mavzuga oid o‘quv filmi.
Umumlashtiruvchi takrorlash. Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat) 57-mavzu: Yerda o‘simliklar dunyosining rivojlanishi. (1 soat, A2+: 2 soat) Dastlabki o‘simliklarning paydo bo‘lishi. Dastlabki ko‘p hujayrali o‘simliklar. Dastlabki quruqlik o‘simliklari. Yuksak sporali va urug‘li o‘simliklarning kelib chiqishi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiya elementlari: