113
chaman bir yon” she’rining ohangdorligi, unda lirik qahramon tuyg‘ularining
samimiy ifodalanishi.
36-38-mavzu. Shukur Xolmirzayev. Hikoyalar. (3 soat, A2+: 5 soat)
Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. “Ot egasi”,
“Omon ovchining o‘limi”, “Xumor” hikoyalarida inson va tabiat o‘rtasidagi
uyg‘unlikning ifodalanishi.
Hikoyalarining syujeti,
kompozitsion qurilishi va
badiiy xususiyatlari. Adib hikoyalarida tarixiy davrga xos voqealar bayoni.
Takrorlash: (1 soat)
Nazorat ishi: Test topshiriqlari. (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi. (1 soat, A2+: 2 soat)
39-40-mavzu. Shavkat Rahmon she’rlari. “Tungi manzara”, “Tong ochar
ko‘zlarin...”, “Oy sinig‘i”, “Anorga qasida”, “Muhabbat”, “Jangda o‘lgan
emas biror bahodir”, “Qodiriy va yoshlar”, “Baxt so‘zi” she’rlari. (2 soat,
A2+: 4 soat)
Shavkat Rahmon hayoti va ijodi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot.
Shoir
she’riyatining yetakchi xususiyatlari. Shoir she’riyatining asosiy mavzulari. “Tungi
manzara”, “Tong ochar ko‘zlarin...”, “Oy sinig‘i” kabi she’rlaridagi lirik qahramon
tabiati. “Muhabbat”, “Jangda o‘lgan emas biror bahodir”, “Qodiriy va yoshlar”,
“Baxt so‘zi” va boshqa she’rlarida shoirning o‘ziga xos qarashlarining ifodalanishi.
Shoir poetik mahorati, she’rlarining badiiy latofati.
Dostları ilə paylaş: