Tayanch kompetensiya: axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarni mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llash;
Fanga oid kompetensiya: axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi; sodda grafik muharrir va uning imkoniyatlarini biladi; izlab topilgan grafik axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;
Dars turi: Aralash
Dars usuli: Interfaol usullardan foydalanilgan noan’anaviy dars.
Darsning jihozi: Kompyuterlar va ularni qurilmalari, videoproyektor,plakatlar,darslik, tarqatma materiallar, slaydlar.
Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. O’tilgan mavzuni so’rash (15 minut): Yozma, og’zaki savol-javob.
3. Yangi mavzu bayoni (15 minut).
4. Darsni mustahkamlash va yakunlash (8 minut).
5. O’quvchilarni baholash (3 minut)
6. Uyga vazifa berish (2 minut).
Dostları ilə paylaş: |