O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi


MAKTAB DIREKTORI HUZURIDAGI ISHLAB CHIQARISH MAJLISIDA MUHOKAMA ETILADIGAN MASALALAR



Yüklə 265,5 Kb.
səhifə3/5
tarix20.09.2023
ölçüsü265,5 Kb.
#145380
1   2   3   4   5
ma\'naviyat Z.Xudoynazarova

MAKTAB DIREKTORI HUZURIDAGI ISHLAB CHIQARISH MAJLISIDA MUHOKAMA ETILADIGAN MASALALAR

2.1.

Maktabda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi bayramini munosib nishonlash, “Mustaqillik darslari”ni yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik holati to‘g‘risida.

Avgust

Yoshlar masalalari va MMIBDO‘ N.Toshboyeva
Metod birlashma rahbarlari,
Barcha sinf rahbarlari

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi bayramini munosib nishonlash va “Mustaqillik darslari” ni zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarilan keng foydalangan holda o‘tish bo‘yicha tashkiliy vazifalar belgilanadi.

2.2

Maktabda yangi o’quv yiil davomida o’quvchilarning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasi hamda vatanparvarlik yo’nalishida amalga oshirilgan vazifalar to’g’risida

Sentabr

Yoshlar masalalari va MMIBDO‘ N.Toshboyeva
Barcha sinf rahbarlari

Maktabda o’tgan o’quv yilida amalga oshirilgan ma’naviy –ma’rifiy va targ’ibot ishlari holatining tanqidiy tahlili va amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasi.

2.3

1-oktabr - “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida

Sentabr

Yoshlar masalalari va MMIBDO‘ N.Toshboyeva
Barcha sinf rahbarlari Tegishli fan o‘qituvchilari

Pedagoglarning kasb bayramini keng jamoatchilik ishtirokida yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda nishonlash, ularga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish orqali jamiyatda o‘qituvchilik kasbining nufuzi va obro‘-e’tiborini yanada oshirish bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlar ishlab chiqiladi.

2.4

Maktab kutubxonasi va axborot resurs markazi faoliyati, ish samaradorligi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning a’zolik holati hamda kitobxonlik targ‘iboti to‘g‘risida.

Oktabr

Yoshlar masalalari va MMIBDO‘
N.Toshboyeva Barcha sinf rahbarlari maktab psixologlari,
kutubxona
mudirasi

O‘quvchilarning ijtimoiy - psixologik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki shakllantiriladi va faoliyatida samarali foydalaniladi.
O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikning ahamiyatini keng targ‘ib qilish, axborot- resurs markazining ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlaridagi o‘rni va rolini yanada oshirishga erishiladi.

2.5

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun - umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida.

Noyabr

Yoshlar masalalari va MMIBDO‘ N.Toshboyeva


Barcha sinf rahbarlari, Jamoat kengashi a’zolari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-ning mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilinadi, Davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat hissi kuchayadi, o‘quvchilar ongiga qonunga itoatkorlik tushunchalari yanada chuqurroq singdiriladi, huquqiy madaniyati va saviyasi oshiriladi.

2.6

Maktabda sinf rahbarlari uslubiy birlashmasi faoliyatini tashkil etish, sinf rahbarlari faoliyatiga metodik va tashkiliy yordam to‘g‘risida

Dekabr

Yoshlar masalalari va MMIBDO‘ N.Toshboyeva
Barcha sinf rahbarlari, Tarix va tarbiya fani o`ituvchilari

Sinf rahbarlari faoliyatini yanada jonlantirish, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiya faoliyatiga yanada kengroq va faolroq jalb etish, o‘z navbatida ularga tegishli metodik yordamni tashkil etish holati tahlil qilinadi va takomillashtirish vazifalari belgilanadi

2.7

14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlash, o'quvchilarda harbiy vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish va yanada takomillashtirish to‘g‘risida.

Yanvar

Yoshlar masalalari va MMIBDO‘ N.Toshboyeva
Barcha sinf rahbarlari, Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi

“Vatan himoyachilari kuni” munosib nishonlanadi, o‘quvchilar o‘rtasida harbiy vatanparvarlik keng targ‘ib qilinadi, vatan himoyachisi boTishga va harbiy kasbiga hurmat va qiziqish kuchaytiriladi. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o'qitish, harbiy - vatanparvarlik burchaklarini tashkil etish va bu borada jamoatchilik bilan hamkorlik holati tahlil qilinadi.

2.8

Maktabda hafta kunlarining nomlanishi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasi to‘g‘risida.
Maktabda o‘tkaziladigan “Ertalabki saflanish”, “Ma’naviyat kuni”, “Sinf soati” tadbirlarining natijadorligi to‘g‘risida.

Fevral



Barcha sinf rahbarlari, Yoshlar yetakchisi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimli tashkil etiladi, o‘quvchi va o‘qituvchilarning ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligi oshadi, hamkor tashkilotlar bilan aloqalar yanada rivojlanadi.
O‘tkazilayotgan tadbirlaming tashkiliy jihatlari, sifati va saviyasi, o‘quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasida tutgan o‘rni tahlil qilinadi va takomillashtirish choralari belgilanadi.

2.9

O'quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar holati va quvchilarning turli ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar, viktorina, uchrashuv, davra suhbati kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki to‘g‘risida.

Mart

Yoshlar masalalari va MMIBDO‘ N.Toshboyeva
Barcha sinf rahbarlari, Fan o‘qituvchilari

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil etiladi, hamkorlikdagi ishlar samaradorligi yanada oshadi, quvchilarning qobiliyat va iqtidori barvaqt kashf etiladi va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlari yaratiladi.

2.10

Maktabda o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, tibbiy madaniyatni shakllantirish, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani keng targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida.

Aprel

Yoshlar masalalari va MMIBDO‘ N.Toshboyeva
Barcha sinf rahbarlari,
Maktab xamshirasi

Tibbiy madaniyatni targ‘ib qilish, “Salomatlik kuni” doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar sifati va samaradorligini oshirish, sport zallari va sport maydonchalaridan unumli foydalanish holati tahlil qilinadi va takomillashtirish vazifalari belgilanadi.

2.11

5 ta muhim tashabbus doirasida umumta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, muammolar va ularning yechimlar hamda bartaraf etish samaradorligi.
Shuningdek, 2022-2023 o‘quv yili davomida o‘tkazilgan turli yo‘nalishdagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar, viktorina, uchrashuv, davra suhbati kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar natijadorligi to‘g‘risida (sinflar kesimida).

May

Yoshlar masalalari va MMIBDO‘ N.Toshboyeva
Barcha sinf rahbarlari va to`garak rahbarlari

Maktab jamoasining turli ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar, viktorina, uchrashuv, davra suhbati kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlargi ishtirokining yil davomidagi holati va natijalari tahlil qilinadi, iqtidorli o'quvchilarni ma’naviy-moddiy rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.

2.12

O‘quvchilarning yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etishda ota-onalar, mahalla faollari va huquq-tartibot idoralarining o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida

Iyun

Yoshlar masalalari va MMIBDO‘ N.Toshboyeva
Barcha sinf rahbarlari, hamkor tashkilotlar

O‘quvchilarning yozgi ta'til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlik profilaktikasi tadbirlarini olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi.


Yüklə 265,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin