Jarqo'rg'on tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli 20-sonli umumta'lim maktabida 17-mart kuni ,,Har kuning bo`lsin Navro`z!‘‘ mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni ochib berish uchun so’z maktabning MMIBDO`Alimov Ollamurodga berildi. U o’z so’zida Navro'z xalqimiz uchun poklanish, uyg'onish, yangilanish va ma'naviy kamol topish bayrami bo'lib qolmoqda. Qadimiy Navro'z o'zining buyuk mohiyatini saqlab, mustaqillik g'oyasi bilan boyib, ahillik, totuvlik, xalqlarning birdamligi va do'stligi bayramiga ham aylandi.
Biroq bu qadriyatlarimizga, bazmlarimizga, jumladan, Navro'zimizga qanchadan-qancha malomat toshlari otilmadi, deysiz. Shunga qaramay, ulug' ayyomimiz xalqlarimiz qalbida, hayot sahnasining to'rida yashayveradi, uni hech qanday yovuz kuch tortib ololmaydi. Chunki Navro'z - xalqimizning asl milliy bayramidir. Hazrat Navoiydek alloma shoirimiz qalamlaridan to'kilgan mana bu misralar barchangizga yor bo'lsin:
Har bir xalqning o'z ma'naviyati, insoniy qadriyatlari, urf-odatlari, an'analari, buyuk me'rosi bor. Navro’z - o'zbekva Sharqxalqlarining ana shunday ma'naviyat, qadriyatlar bayrami merosi bo'lib, u insonni yuksak vatanparvarlik, mehnatsevarlik, bunyodkorlik, do'stlik, mehr-oqibat,ezgulik, adolatvatinchlik ruhida tarbiyalaydi.
Mana, barchamizning, kayfiyatimiz - xush, ko’rganning ko'zi quvnaydi. Ana shunday tabassum, nazokat, nafosat hardamda hammamizga, hammangizga yor bo'lsin!
Tadbirni maktab direktori J.Hazratqulov o’z so’zi bilan ochib berib, shunday dedi, Mana, bugun diyorimizda uyg'onish fasli - Yangi yilning muqaddimasi - Navro'zi olam! Navro'z asrlar davomida xalqimiz uchun, biz uchun ezgulik, go'zallik, yorug' orzu-umidlarning kurtak otgan payti bo'lib kelgan va doimo shunday bo'lib qolajak!
Shundan so’ng bayram tadbirini olib borish uchun 11-sinf o’quvchilariga berildi. Tadbirda maktabning 1-11-sinf o`quvchilari faol ishtirok etdilar. Bahoroy, Navro`zoy, dehqon bobo, bog`bon bobo, cho`pon bobo tadbirga o`zgacha shukuh bag`ishladi. Jajji qizaloqlar va o`g`il bolalar milliy o`yinlarimiz beshtosh, arqon tortish, chillik, kurash, yugurish kabi milliy o`yinlar o`ynab kongillarni xushladilar.
Navro'z, bu-shodlik, tinchlik, hamkorlik, mustaqillikning qaldirg'ochi, bahorning elchisidir. Bu-ulug'lanish, insonni e'zozlash hamda insonning umriga umr qo'shish, bir yilga yashartirish demakdir.
Navro'zi olam muborak, azizlar! Bayram tadbirlarimiz har go'shada, har ko'ngilda davom etaversin. Tadbir ko’tarinki ruhda qiziqarli va tinch o’tdi.
2022-yil 12-martdagi Jarqo'rg'on tumani ''Qo'shtepa'' mahallasi adirliklarida tashkil etilgan Navro'z umumxalq bayramida 20-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining o'qituvchi va o'quvchilarining ishtiroki ta'minlandi .Ushbu tadbirdan foto lavhalar.
2022-yil 12-martdagi Jarqo'rg'on tumani ''Qo'shtepa'' mahallasi adirliklarida tashkil etilgan Navro'z umumxalq bayramida 20-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining o'qituvchi va o'quvchilarining ishtiroki ta'minlandi .Ushbu tadbirdan foto lavhalar.
2022-yil 19-martdagi Surxondaryo viloyati Termiz tumani ''Otchopar'' sport kompleksida tashkil etilgan Navro'z umumxalq bayramida 20-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining o'qituvchi va o'quvchilarining ishtiroki ta'minlandi .Ushbu tadbirdan foto lavhalar.
2022-yil 19-martdagi Surxondaryo viloyati Termiz tumani ''Otchopar'' sport kompleksida tashkil etilgan Navro'z umumxalq bayramida 20-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining o'qituvchi va o'quvchilarining ishtiroki ta'minlandi .Ushbu tadbirdan foto lavhalar.
Maktabda bilimli o`quvchilar o`rtasida “Zakovat” intellektual o`yini o`tkazildi. “Zakovat” intellektual o`yini maktabning ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi M.Qobilov olib bordi. Intellektual o`yin qizg`in va bahslarga boy tarzda o`tdi.
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2022-yil 18-martdagi 06-06/l -883 –sonli xatiga asosan ta'lim muassasalarida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o'quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlariga muvofiq ularni turli soha va yo'nalishlardagi qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, o'quvchilar ongiga mehnatsevarlikni kasb tayyorgarligining dastlabki bilim va ko'nikmalarini shakllantirish, ularning bahorgi ta'til davrida bo'sh vaqtlarini maroqli tashkil etish bo'yicha viloyat xalq ta'limi boshqarmasining chora-tadbirllar rejasi asosida Jarqo‘rg‘on tumani 20-sonli umumta’lim maktabida qator ishlar amalga oshirildi.
Maktabda bahorgi ta`til vaqtida o`quvchilar bo`sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida 5 ta muhim tashabbus va fan to`garaklari faoliyatini yo`lga qo`yish hamda maktab kutubxonalari, sport zali to`liq faoliyat yuritmoqda.
MMIBDO`: O.Alimov
Dostları ilə paylaş: |