Ruda – tarkibida metall yoki uning birikmalari ko’p miqdorda bo’lgan tabiiy
mineral hosiladir. Ba’zan nometall mineral xom ashyolar (asbest, barit, grafit,
oltingugurt) ham ruda deb yuritiladi. Ruda tabiiy boy va kambag’al turlarga
ajratiladi. Shunga qarab uni boyitish zarurligi belgilanadi. Ruda bir foydali
mineralli – monomineral yoki ko’p foydali mineralli – polimineral, jumladan,
tarkibida sanoat ahamiyatiga ega bo’lmagan (ya’ni kam miqdorli) minerallar ham
bo’ladi. Tarkibida foydali yo’ldosh minerallar (komponentlar) bo’lganlari
kompleks rudalar deb yuritiladi. Rudalarning tarkibida bo’lgan minerallar
miqdoriga qarab silikatli, oksidli, sulfidli, karbonatli va aralash turlari farq
qilinadi.
Barcha tub cho’kindi, magmatik va metamorfik tog’ jinslari tarkibida bo’lgan
rudalar tub rudalar deyiladi.
Daryo, ko’l, dengiz va okean cho’kindilaridan olinadiganlari sochma rudalar
deb yuritiladi.
Qazib olish va qayta ishlash uchun rudalarning qator xossalari ahamiyatga
ega. Qattiqligi, darzliligi, hajmiy og’irligi, erish harorati, magnit va
elektromagnitligi, elektr o’tkazuvchanligi, adioaktivligi, erish va sorbtsion
xususiyatlari, granulometrik tarkibi va boshqalar.
Bir joyda joylashib, atroflari esa boshqa tog’ jinslaridan iborat uyum ruda
tanasi (jism) deb ataladi va u turli (yapaloq, shtokverk, tomirsimon) shakllarga
ega.
Yaqin joylashgan bir nechta ruda tanalari ruda maydoni yoki konini hosil
qiladi. Ruda koni bitta ruda tanasidan iborat bo’lishi ham mumkin.
Ruda konlari qora (temir, marganets, xrom, titan, vanadiy), rangli (mis,
qo’rg’oshin, rux, nikel), yengil (alyuminiy), noyob (qalay, volfram, molibden,
simob, berilliy, litiy, tantal, niobiy), asl (oltin, platina, kumush), radioaktiv (uran,
toriy, radiy), tarqoq (aktiniy, gafniy, galliy, germaniy, indiy, kadmiy, protaktiniy,
reniy, rubidiy, selen, skandiy, talliy, tellur, tseziy va boshqalar) va nodir metallar
konlariga ajratiladi.
Bir nechta ruda konlari katta masofaga cho’zilib joylashganda rudali
mintaqa deb nomlanadi. Masalan, Amerikaning buyuk kumushli mintaqasi
Meksikadan Peru va Boliviyagacha davom etgan, Markaziy Afrikaning misli
mintaqasi Zambiya va Kongo Demokratik Respublikasida 450 km masofaga
cho’zilib, 150 dan ortiq mis konlarini qamrab olgan. Janubiy Amerikaning misli
mintaqasi 4 ming km ga cho’zilib, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Argentina, Chili
mamlakatlarida joylashgan ruda konlaridan iborat.
Geografik va geologik jihatdan alohida ajralib tugan yakka yoki bir necha
rudali formatsiyalarga ega bo’lgan mintaqa rudali rayon deb ataladi (masalan,
Farg’ona surma-simob rudali rayoni, Angren-Olmaliq mis rudali rayoni, Qizilqum
oltin rudali rayoni).
O'rta Osiyo foydali qazilmalarga juda boy. Tog'-kon sanoati O'rta Osiyoda
uzoq tarixga ega. Qadimgi konlar va metall eritish o'choqlari, konchilar
manzilgohlarining izlari O'rta Osiyoning hamma joylarida aniqlangan. Faqat
Olmaliq shahri atrofida XX asrning 30-yillarida 500 dan ortiq qadimgi konlar izlari
va qoldiqlari aniqlangan. O'rta Osiyo hududida yoqilg'i, rudali va rudasiz foydali
qazilmalar tarqalgan.
Yoqilg'i foydali qazilmalar ko'mir, neft, gaz va yonuvchi slaneslardan
iborat. Yuqori sifatli toshko'mirning yirik koni Markaziy Qozog'istonda
joylashgan (Qarag'anda, Ekibastuz). Uncha katta bo'Imagan toshko'mir konlari
Farg'ona vodiysini o'rab turgan tog'larda (Ko'kyong'oq, Qizilqiya, Toshko'mir),
Surxondaryo vodiysining shimolida (Sharg'un, Boysun) joylashgan. Qo'ng'ir
ko'mirning yirik koni Ohangaron vodiysida joylashgan. Farg'ona vodiysining
sharqiy qismida ham qo'ng'ir ko'mir konlari bor.
O'rta Osiyo neft va gazga ham boy. Birinchi neft koni Farg'ona vodiysida
(Chimyon koni) 1880-yilda ochilgan va 1904-yilda ishga tushirilgan.
Keyinchalik, Farg'ona vodiysining sharqiy qismida yana bir qancha neft konlari
ochilib, ishga tushirildi (Polvontosh, Xo'jaobod, Janubiy Olamushuk va h. k.).
Yirik gaz va neft konlari, shuningdek, Qoraqumda, Qizilqumda, Kaspiy bo'yida,
Ustyurtda, Qarshi cho'lida, Surxondaryo vodiysida ochildi va ishga tushirildi.
Oxirgi paytlarda Qozog'istonda Tengiz, O'zbekistonda Ko'kdumaloq yirik neft
konlari ochildi.
Rudali foydali qazilmalardan rangli va qora metall konlari keng tarqalgan.
Yirik temir ruda konlari Qozog'istonda ochilgan va ishga tushirilgan. Ulardan
eng yirigi To'rg'ay supasimon o'lkasida joylashgan Sokolov-Sarbay konidir.
O'zbekiston va Qirg'izistonda ham temir ruda konlari bor, ammo ular hali
ishga tushirilganicha yo'q.
Rangli metall konlari Qozog'iston past tog'larida. Tyanshan va Pomir
tog'larida, Markaziy Qizilqum past tog'larida tarqalgan (Olmaliq. Jezqazg'an,
Qo'ng'irot, Muruntog', Uchquloch va b.).
Fosforit konlari Qoratog'da, Qizilqumda va boshqa joylarda topilgan.
Zarafshon vodiysida, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylarida hamda Kaspiy
bo'yida tosh tuz va osh tuzi konlari bor.
Marmar konlarining eng yiriklari O'zbekistonda Nurota tog'ida (G'ozg'on),
Omonqo'tonda, Oqtoshda joylashgan.
Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metallar (oltin, mis, qo’rg’oshin,
rux, volfram, molibden, simob va boshqalar) konlari, Qoramozor mis-qo’rg’oshin-
rux koni, Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka, Qoýtosh, Langar rangli
metallar, Chodak, Zarmitan, Marjonbuloq, Kauldi, Ko’kratos, Qizilolmalisoy oltin,
Qo’rg’oshinkon, Oltintopgan qo’rg’oshin-rux, Qalmoqqir mis konlari va boshqalar
topilib sanoat miqyosida o’zlashtirilishi bilan respublikada rangli metallurgiya
shakllandi.
Dostları ilə paylaş: |